Mahalliy

Andijonda sunʼiy intellekt jinoyatchilikka qarshi kurashga jalb qilinadi

Andijonda sunʼiy intellekt jinoyatchilikka qarshi kurashga jalb qilinadi

Andijondagi videokameralar nafaqat sodir boʻlayotgan voqealarni qayd etadi, balki xavfli vaziyatlarni oldindan aniqlash va xavf-xatarlarni kamaytirish uchun sunʼiy intellekt yordamida maʼlumotlarni tahlil qiladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum boʻldi.

Rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun Andijon shahri, shuningdek, Shahrixon va Andijon tumanlarida ichki ishlar organlari rahbarlarining raqamlashtirish va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun masʼul boʻlgan oʻrinbosarlari lavozimlari joriy etiladi.

Ularning asosiy vazifasi — shahar kameralari bilan ishlash. Sunʼiy intellekt bezorilik, oʻgʻrilik va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish uchun tasvirlarni tahlil qiladi.

Internet xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratiladi. Viloyatda kiberhujumlardan himoyalanish dasturi ishlab chiqiladi hamda byudjet tashkilotlari xodimlari, maktab oʻquvchilari, talabalar va pensionerlarga kiberxavfsizlik asoslari oʻrgatiladi.

Yil yakuniga qadar ushbu tajribani mamlakatning boshqa hududlariga ham tatbiq etish rejalashtirilgan.

Bundan avvalroq Prezidentga Andijon tumanidagi gumanoid robotlar va sunʼiy intellekt texnologiyalari allaqachon qoʻllanilayotgan toʻqimachilik korxonasi namoyish etilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.