Mahalliy

Andijon viloyatida uch nafar maktab oʻquvchisining mushtalashuvi sinf rahbarining boʻshatilishiga olib keldi. Video

Andijon viloyatida uch nafar oʻquvchi qizning mushtashuvi sinf rahbarining boʻshatilishi bilan yakunlandi. Video

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi 11-sonli maktabda uch nafar oʻquvchi qiz oʻrtasida mushtashuv yuz berdi. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, maktab maʼmuriyati mojaro ishtirokchilari va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat oʻtkazdi. Sinf rahbari esa lavozimidan ozod etildi.

Hodisa 13 oktyabr kuni soat 14:00 atrofida, tanafsus vaqtida sodir boʻlgan. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, nizo uch nafar oʻquvchi qiz oʻrtasida kelib chiqqan.

Yuz bergan voqeadan soʻng vaziyat nazoratga olindi. Suhbatda tuman taʼlim boʻlimi vakillari, profilaktika inspektori, maktab rahbariyati va oʻquvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Ota-onalarga nisbatan bolalarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun 47-modda boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi. Ularga BHMning bir baravaridan besh baravarigacha — 440 ming soʻmdan 2,2 million soʻmgacha jarima solinishi mumkin.

Bundan tashqari, sinfni yetarlicha nazorat qilmagani uchun sinf rahbari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Sirdaryo viloyatida maktab oʻquvchisining onasi dars vaqtida uning sinfdoshiga tashlangani haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.