Texnologiya

«Amerikalik tadqiqotchilar SI bilan ajdodlarimiz qiyofalarini tiklamoqchi» - raqamli sanʼatda rejalar qanday?

Kun.uz bilan Nyu Yorkda suhbatlashgan Raqamli sanʼat ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiyevga koʻra, Bostonda oʻzbek SI maktabi ochiladi. Shuningdek, amerikalik tadqiqotchilar Oʻzbekistonga kelib madaniyat tizimini oʻrganadi. Nabiyev AQShda qator memorandumlar ham tuzgan, kelasi yili Navoiy haqida film olinib, Amerikada taqdimot qilinishi kutilmoqda.

«Amerikalik tadqiqotchilar SI bilan ajdodlarimiz qiyofalarini tiklamoqchi» — raqamli sanʼatda qanday rejalar bor?

Prezidentning shu yil madaniyat vakillari bilan uchrashuvidan soʻng tashkil etilgan Raqamli sanʼat ijodiy birlashmasi sunʼiy intellekt boʻyicha yirik loyihalar bilan ham shugʻullanmoqda. Birlashma rahbari oʻtgan hafta AQSHda boʻlib, turli kelishuv va memorandumlarga imzo chekdi.

Kun.uz bilan Nyu Yorkda suhbatlashgan Nabiyev Amerikadagi hujjatlar mazmuni, birlashma faoliyatining borishi va kelajakdagi rejalar haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, Bostonda oʻzbek SI maktabi ochiladi. Amerikaliklarga oʻzbek mutaxassislar kelib dars beradi.

«Bizning maktab TOP 10 talikda turibdi. Yaʼni AQSH ham bizning ishlarimizni tan olmoqda, mana, Bostondagi maktabga taklif qilishdi, biz kelib dars beramiz», deydi Rauf Nabiyev.

Shuningdek, yaqin vaqt ichida SI yordamida Alisher Navoiy haqida film yaratiladi. Uning taqdimoti esa Amerikada oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Birlashma raisining qoʻshimcha qilishicha, AQSH tadqiqot instituti bilan ham hamkorlik kelishuvi imzolangan. Unga koʻra, endi amerikalik tadqiqotchilar Oʻzbekistonga kelib, madaniyat tizimini oʻrganadi va tahlil qiladi.

«Oʻzbeklar emas, amerikaliklar borib, nega bizning teatrimiz avval boshqa darajada edi, hozir shu darajaga tushib qoldi, nega kinomizni hech kim koʻrmaydi — hammasini tahlil qiladi. Kelgusi 10 yilda masalan, bizning madaniyat tizimimizni nimalar kutyapti, bularni ham aytishadi», deydi u.

Raisning qoʻshimcha qilishicha, eng katta loyihalardan biri ajdodlarimizning qiyofasi SI yordamida qayta tiklanishi mumkin. Biroq buning uchun hukumatdan ruxsat talab etiladi, shu sababli bu hali taklif darajasida qolmoqda.

SI rivojlangan zamonda uni madaniyatga jalb etish qanchalik toʻgʻri yondashuv oʻzi?

Birlashma raisiga koʻra, koʻr-koʻrona emas, balki muammolarni hal qilish, ishni yaxshilash va tezlashtirish maqsadida qoʻllansa, SI oʻzini oqlaydi.

«Avvalambor, tushunchani toʻgʻrilash kerak, bizda SI bilan sabzavotlarni gapirtirish va shunga oʻxshash ishlarni qilishyapti. Odamlar ham SI shunga kerak deb notoʻgʻri tushunishmoqda. SI — bu katta imkoniyat. Biz hatto, kino ham olyapmiz», deydi Rauf Nabiyev.

Biroq birlashma raisi asarlarda hissiyot, did va energiya saqlanib qolishi kerakligini, shu bois SI hech qachon ijoddan ustun kelmasligini ham qoʻshimcha qildi. Uning aytishicha, vaqtida SIni yaxshi rivojlantirish orqali davlatdan chiqib ketayotgan oʻnlab million dollarlarni jamgʻarib qolish mumkin.

«Hamma SI ustida ishlab, ilgʻorlab ketayotgan bir paytda biz kerakmi-kerak emasmi, deb muhokama qilishimiz oʻrinsiz. Endi ortga yoʻl yoʻq», deya qoʻshimcha qiladi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.