Dunyo

Amerikada ayol farzandini otasiga berib yubormaslik uchun uni o‘ldirdi

Amerikada bir ayol farzandini otasiga berib yubormaslik uchun uni o‘ldirdi.

AQSHda 36 yoshli Medlin Veronika Deyli ismli ayol 11 oylik o‘g‘lini o‘g‘irlab ketib, uning yuziga o‘q uzgan. Uning maqsadi farzandining otasiga vasiylik huquqi berilishining oldini olish bo‘lgan. Bu haqda “Zakon.kz” nashri The New York Post nashriga tayanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol bolaning otasi ixtiyoriga berilishini belgilovchi sud qaroridan norozi bo‘lgan. Shundan so‘ng u o‘g‘lini Vayoming shtatidan Nyu Meksiko shtatiga olib qochgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni Silver Siti yaqinidagi avtofurgonlar turargohidan topgan. Politsiya uning avtofurgon ichiga qochib kirib ketganini ko‘rib, furgonni o‘rab olgan va ichkariga kirish uchun order kutishgan.

Tergov vaqtida Medlin Deyli o‘g‘lini otasi va uning qarindoshlaridan “saqlab qolgani” uchun bu qilmishidan afsusda emasligini aytgan. U erkak bolaga nisbatan hech qachon moliyaviy, jismoniy e’tibor qaratmaganini, mehr ko‘rsatmaganini ta’kidlagan.

Sud jarayonida ayol aybiga iqror bo‘lgan. Prokurorlarning ma’lum qilishicha, unga nisbatan eng og‘ir jazo — umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi kutilmoqda.

26-avgust kuni Rossiyada ikki o‘smir “Kalmar o‘yini” ta’sirida 12 yoshli maktab o‘quvchisini o‘ldirgandi. 12 yoshli bola o‘sha kuni Kabanovo qishlog‘ida yo‘qolib qolgan. Bolani qidirishga ko‘ngillilar jalb etilgan. Keyingi kuni uning jasadi ko‘plab pichoq jarohatlari bilan tashlandiq binoning yerto‘lasidan topilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.