Dunyo

Hindistonda ota va o‘g‘il jarlikka quladi. Ona ularning ortidan o‘zini tashladi

Hindistonning Maharashtra shtatidagi Deonay qishlog‘ida 21-avgust kuni fojiali hodisa yuz berdi: iPhone sotib olish borasidagi kelishmovchilik tufayli bir oilaning uch a’zosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda tuman rahbari Vinay Govda ma’lumotiga tayanib The Hindu nashri xabar berdi.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 18 yoshli Kunal Murlidhar Chandvade otasidan yangi iPhone olib berishni talab qilgan. Biroq 48 yoshli otasi Murlidhar Chandvade bu iltimosga rozi bo‘lmagan. G‘azablangan yigit ota-onasini ko‘ndirish maqsadida soat 10:00 atrofida Xavdya tepaligi cho‘qqisiga chiqib, o‘zini pastga tashlash bilan tahdid qilgan.

Qishloq oqsoqoli va boshqa aholi yigitni tinchlantirishga harakat qilgan, ammo u hech kimning gapiga quloq solmagan. Ota o‘g‘lini bu fikridan qaytarish uchun tepalikka ko‘tarilib, uni jar yoqasidan uzoqlashtirishga uringan.

Ammo yigit jar yoqasidan yiqilayotganida otasining qo‘lidan ushlab olgan va uni ham o‘zi bilan pastga tortib ketgan. Ularning pastga qulaganini ko‘rgan 42 yoshli ona Sangeeta Murlidhar Chandvade eri va o‘g‘lining ortidan o‘zini jarga tashlagan.

Militsiya nazoratchisi yordamchisi Naresh Thakare marhumlarning jasadlari ekspertizadan o‘tkazilganini va qarindoshlariga topshirilganini tasdiqladi. Politsiya ushbu hodisa yuzasidan 194-modda bo‘yicha ish ochgan. Bu modda baxtsiz hodisalar va shubhali o‘lim holatlarini tergov qilish tartibini belgilaydi. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.