Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandi

Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandi
Prezident farmoniga ko‘ra, Alisher Bahodirovich Samadov Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Alisher Samadov 2025-yil iyul oyida PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari etib tayinlangan edi.
Bungacha u prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

