Mahalliy

Prezident administratsiyasi departamenti rahbari Doniyor Qodirovga general-mayor unvoni berildi

Prezident administratsiyasi departamenti rahbari Doniyor Qodirovga general-mayor unvoni topshirildi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Shavkat Mirziyoyev bir guruh vatandoshlarga yuksak davlat mukofotlarini topshirdi. Tadbir davomida davlat rahbari Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti rahbari Doniyor Qodirovga general-mayor harbiy unvonini berdi.

Doniyor Baxtiyorovich Qodirov 2025-yil iyul oyida Prezident administratsiyasidagi o‘zgarishlar natijasida prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan edi. O‘sha paytda u Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti rahbari etib tayinlangan.

Doniyor Qodirov ilgari IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2021-yil yanvar oyida u prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, 2023-yil avgustida esa shu soha bo‘yicha maslahatchiga aylangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.