Mahalliy

Alifbo islohoti, Turdimovning bayonotlari va Rubioning taşrifi - hafta dayjesti

Alifbo isloh qilindi, asosiy savol esa hali oçiq: lotin yozuviga qaçon töliq ötamiz? Öqituvçining mavqeyi, eksklyuziv vakolat va hokimlarga taqiq: yangi taʼlim vaziri faoliyatini boşladi. Daromadlar va xarajatlar deklaratsiyasi: buni amaldorlar emas, ikkita şahar aholisi boşlab beradi.

**Alifbo islohoti, Turdimovning bayonotlari va Rubioning tashrifi — hafta dayjesti**

**Alifboni tuzatish masalasiga nuqta qo‘yildi**

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi to‘rtta harf masalasiga qonun darajasida uzil-kesil nuqta qo‘yildi. Texnik jihatdan qusurlik deb ko‘riladigan O‘, G‘, Sh, Ch harflari “bir tovush – bir harf” tamoyili asosida yaxlit harflarga (Ö, Ğ, Ş, Ç) almashtirildi. Bu haqdagi qonun 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kunida prezident tomonidan imzolandi.

U 6 oydan keyin — 2027-yil 22-apreldan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasi 2 oy muddat ichida qonun ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashi kerak. Davlat organlarining ramziy belgilari, gerb tasvirlari, peshlavhalar, ko‘rsatkichlar va boshqa ashyolar yaroqsiz holga kelgan paytda yoki hukumat dasturida belgilanadigan muddatlarda takomillashtirilgan alifboga o‘tkaziladi.

Bu to‘rtta harfning diakritik belgili shakli 1993-yilda qabul qilingan o‘zbek-lotin alifbosida bo‘lgan, lekin 1995-yilda ular apostrofli va harf birikmali shaklga o‘tkazilgan. Keyinchalik — kompyuterlar va telefonlar ommalashishi bilan bu harflar amaliyotda turli muammolarni keltirib chiqara boshlagan. 2016-yilda hokimiyat o‘zgargach, keyingi yillarda alifboni isloh qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh qizg‘in bahslar asosida turli variantlarni ishlab chiqib, 2018, 2019, 2021, 2023 va 2026 yillarda bir-biridan farqli xulosalarni ilgari surdi, nihoyat joriy yildagi taklif yakunda qonun ko‘rinishini oldi.

2023-yil iyulida davlat rahbari alifboni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishga chaqirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.