Milliy sertifikat imtihonlarida qaysi alifbodan foydalaniladi?
Maʼlum qilinişiça, yangi alifboni joriy etiş töğrisidagi qonunda yangi alifbo olti oydan söng kuçga kirişi belgilangani sababli imtihonlarda amaldagi alifbodan foydalaniladi

Milliy sertifikat imtihonlarida qaysi alifbodan foydalaniladi?
24–26-oktabr kunlari barcha hududlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihonlarda amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanilishi ma’lum qilindi.
Test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlangan bo‘lib, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari va yozma ishlar (esselar) ham amaldagi alifboda yozilishi lozim.
“Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi qonunda yangi alifbo olti oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi”, deyiladi xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfni o‘zgartirish haqidagi qonunni imzolagandi.
Qonun quyidagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi:
O‘ o‘ → Ö ö
G‘ g‘ → Ğ ğ
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
ng harfi mustaqil harf sifatida alifbodan chiqariladi.
Tutuq belgisi alifboda saqlanib qoldi.

