Alibaba ikkinchi avlod «aqlli» koʻzoynagini taqdim etdi
Koʻzoynak 4K formatda video olish imkoniyatiga ega 50 MP kamera bilan jihozlangan, shuningdek, unda real vaqt rejimida nutqni tarjima qilish va SI-qaydlar yaratish kabi Qwen bazasidagi funksiyalar ham mavjud.

Alibaba ikkinchi avlod «aqlli» koʻzoynagini namoyish qildi
Xitoyning Alibaba kompaniyasi Qwen asosida yaratilgan, narxi $450 dan boshlanadigan ikkinchi avlod «aqlli» koʻzoynagini taqdim etdi, deb yozdi.
Qurilma jami ikkita — N1 va N1 Pro versiyada ishlab chiqilgan. Pro versiya qoʻshimcha ravishda nigohni kuzatish tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u koʻzoynakka foydalanuvchi qaysi obyektga qarayotganini aniqlash, uni sunʼiy intellekt yordamida tanish va u haqda maʼlumot berish imkonini beradi.
N1 Pro, shuningdek, koʻzning rangdor pardasi orqali tasdiqlanadigan toʻlovlarni qoʻllab-quvvatlaydi hamda salomatlik koʻrsatkichlari, jumladan, puls, qondagi kislorod darajasi va teri haroratini kuzatadi.
Kompaniya maʼlumotiga koʻra, kutish rejimida koʻzoynak bir quvvat bilan 25 soatgacha, musiqa tinglashda esa toʻqqiz soatgacha ishlashi mumkin. Koʻzoynak bandlaridagi akkumulyatorlar almashtiriladigan qilib tayyorlangan.
Boshlangʻich N1 versiyasi $450 turadi, N1 Pro esa $523. Xitoyda koʻzoynaklar allaqachon sotuvga chiqarilgan, qurilmaning boshqa mintaqalarda qachon paydo boʻlishi esa nomaʼlum.

