Aleksey Lixachyov: Oʻzbekiston toʻrtta reaktorda toʻxtab qolmaydi, oldinga harakat boʻladi
Oʻzbekistonga tashrifi davomida «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachyov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi hamda Jizzax viloyatidagi AEC qurilish maydonchasiga, shuningdek, MIFI MIYAU Toshkent filiali bazasidagi Markaziy Osiyo mintaqasining yoshlar atom platformasiga tashrif buyurdi. Vatanga uchib ketishdan oldin Aleksey Lixachyov xorijiy va Toshkent jurnalistlarining savollariga javob berdi. — Oʻzbekiston prezidenti bilan uchrashuvingiz, nima […]

Aleksey Lixachyov: Oʻzbekiston toʻrtta reaktor bilan cheklanib qolmaydi, harakat davom etadi
Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachyov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv oʻtkazdi, Jizzax viloyatidagi AES qurilish maydonchasida, shuningdek, MIFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filiali bazasida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqasining yoshlar atom platformasida boʻldi. Uyga uchib ketishdan oldin Aleksey Lixachyov xorijiy va Toshkent jurnalistlarining savollariga javob berdi.
— Oʻzbekiston prezidenti bilan uchrashuvingiz, nimalarni muhokama qilishga erishildi? Oʻzbekiston ikkinchi va uchinchi atom elektr stantsiyasini qurishni rejalashtirayotgani aytilgan bayonot haqida masala koʻtarildimi va «Rosatom»ning pozitsiyasi qanday?
— Uchrashuv toʻrttala blokning barchasida qurilish avj olgan bir paytda oʻtayotgani bilan noyobdir. Oʻzbekistondagi loyiha ajoyib: bir vaqtning oʻzida ikkita gigavattlik va ikkita kichik quvvatli reaktor barpo etilmoqda. Xalqaro moliya instituti ishtirokidagi moliyaviy sxema ham noyobdir. Ijtimoiy profillarga alohida eʼtibor qaratilayotgani yoqimli — qurilishdan oldinroq rivojlangan infratuzilma, tibbiyot va taʼlimga ega Atomgrad tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston ushbu toʻrtta reaktorda toʻxtab qolmaydi, oldinga harakat boʻladi va biz bunda ishtirok etishga tayyormiz. Hamkorlarni tanlash — buyurtmachining ishi, biz raqobatdan qoʻrqmaymiz, seriyali ishlab chiqarish esa raqobatbardoshlikni oshiradi va tannarxni pasaytiradi.
Kadrlar tayyorlash boʻyicha katta ishlar olib borilmoqda: MIFI Toshkent filiali bazasida Markaziy Osiyo mintaqasining yoshlar atom platformasi taʼsis etildi. Oʻzbekistondagi kichik AESlar uchun birinchi mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish keyingi yildayoq boʻlib oʻtadi. Rossiya Oʻzbekiston bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni shakllantirmoqda.
— Jizzax viloyatida AES qurish boʻyicha ishlar qanday kechayotgani haqida nima deya olasiz?
— Ishlar koʻtarilishda. Mahalliy pudratchining faol rolini qayd etamiz — bu yerda kompetentsiyalarni mahalliylashtirish 40% gacha yetmoqda, bu ham iqtisodiy model uchun, ham kadrlar barqarorligi uchun manfaatlidir. Belarusdan, kelajakda esa Oʻzbekistondan kelgan mutaxassislar «Rosatom»ning uchinchi mamlakatlardagi boshqa loyihalariga jalb etilishi mumkin.
Joriy yilda maydonchada kichik bloklar reaktor boʻlinmasining poydevor plitasini betonlash yakunlanadi, boshqaruv binosi, reaktor va mashina zallarini barpo etish boshlanadi. Kichik stantsiya uchun vazni 200 tonnadan ortiq boʻlgan reaktor korpusini ishlab chiqarish allaqachon ketmoqda, bunda buyurtmachining nazoratchilari xorijdagi ishlab chiqarishning sifat bosqichlarida ishtirok etmoqda.
Keyingi yil — katta stantsiya uchun qidiruv va loyiha ishlarini yakunlash, shuningdek, keng koʻlamli qurilishni yoyish yilidir: obʼyektdagi xodimlar soni ikki baravarga ortadi va eng yuqori yuklamada 12–13 ming kishini tashkil etadi. 350 ga yaqin kishi MIFI Toshkent filialida va 900 ga yaqini Rossiya oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqda. Qurilishning sifat ishtirokchilari yagona jamoa boʻlib ishlamoqda.
— Atom sohasi yetakchilarining yoshlar bilan uchrashuvi nima uchun bunchalik muhimligini tushuntirib bera olasizmi?
— Kadrlar — biz ulkan energiya va yuqori texnologiyalar bilan ish yuritadigan atom sanoatidagi asosiy elementdir. Mutaxassislar bazis bilimlarga, amaliy koʻnikmalarga (RFning ishlab turgan reaktorlarida amaliyot oʻtash, mashgʻulot zallari, texnik akademiya) ega boʻlishlari va individual litsenziyalashdan oʻtishlari kerak.
Koʻnikmalardan tashqari, umumiy qadriyatlar ham muhim: xavfsizlik ustuvorligi, doimiy oʻz-zini takomillashtirishga intilish va xizmat qilish (chunki atom fakti — bu davlat xizmatiga tenglashtirilgan davlat obʼyektidir). Ishni yoshlardan kolgancha erta boshlash kerak. Bundan tashqari, yosh mutaxassislar bilan muloqot qilish ularning qarashlari va intilishlarini hisobga olgan holda 2050–2060 yillarga moʻljallangan rivojlanishning strategik dasturlarini shakllantirishga yordam beradi.
— Kaya Kallas yaqinda Yevropa Ittifoqi Rossiya va Xitoyning faolligida tahdidni koʻrib, Shimoliy dengiz yoʻli boʻylab erkin oʻtishga erishishini bayon qildi. Bu soʻzlarga qanday sharh bergan boʻlardingiz?
— Bu yerda ziddiyat oshkora: bir tomondan erkin savdo va hamkorlikka intilish bayon qilinmoqda, boshqa tomondan — Rossiya va Xitoyning ishtiroki tahdid sifatida qabul qilinmoqda. Yevropa yetakchilari bir qarorga kelib olishlari maqsadga muvofiqdir.
Shimoliy Muz okeani — ochiq hudud, ammo faqat Rossiyadagina xavfsiz kemachilik uchun zarur muz yoruvchi guruh mavjud. Oʻzimizning iqtisodiy zonamizda biz qulay transport koridorini yaratdik: muz yorish nazorati, navigatsiya hamrohligi, qutqaruv funktsiyalari va aloqani taqdim etamiz. SHDY boʻylab oʻtish uchun toʻlov undirilmaydi, faqat mutlaqo maqbul narxlardagi hamroh xizmatlar uchun toʻlanadi.
Biz Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlik va rivojlanish asosida ishlashga tayyormiz. Janubiy Koreya (test reysini oʻtkazgan va tizimli hamkorlikka tayyorlanayotgan), Hindiston, Vyetnam va Xitoy qiziqish bildirmoqda. Rossiyada doʻstona boʻlmagan xalqlar yoʻq, bu kabi doʻstona boʻlmagan hukmdorlar esa tarixga aylanadi.
— Oʻtgan kuni Reuters Vengriya rasmiylari «Paksh» AESni kengaytirishda pudratchini almashtirishni rejalashtirayotgani haqida soxta xabar tarqatdi. Keyinchalik bu xabar rad etildi. Sharhlay olasizmi?
— Yangilik shundaki, hech qanday yangilik yoʻq. «Na tinchlik, na urush» vaziyati saqlanib qolmoqda: Vengriya pudratchisi («Paksh-2») auditi davom etmoqda, muddatlar oʻngga surilmoqda va auditning yakunlangani yoki uning natijalari haqida maʼlumot yoʻq. Biz natijalarni kutmoqdamiz, ammo Vengriya hukumati tomonidan tasdiqlangan «Paksh-2» joriy yilgi ishlab chiqarish dasturi boʻyicha ishni toʻxtatmaymiz.
Biz aniqlikni xohlagan boʻlardik, chunki «Paksh-2» — bu venger qurilish va energetika kompaniyalari mintaqaning farovonligi uchun umid bogʻlayotgan jahon atom bozorining zamonaviy bestselleridir. Biz — buyurtmachining garovimiz, Vengriya hukumatining loyihani davom ettirish yoki toʻxtatish huquqiga ega boʻlgan suvereniteti va vakolatlarini hurmat qilamiz. Bizning vazifamiz — muddatlari va qiymati boʻyicha Yevropa va AQShdagi analog loyihalardan oshkora ustunlikka ega boʻlgan Rossiya texnologiyalarining samaradorligini namoyish etishdir. Biz ijobiy natijani kutmoqdamiz.
— Finlyandiyada AES qurilishiga toʻxtalib, siz Xalqaro hakamlik sudining qarorini muhim gʻalaba deb atadingiz, ammo Finlyandiyaning Fennovoima kompaniyasi sud «Rosatom»ga 600 million yevrodan ortiq mablagʻ toʻlash majburiyatini yuklaganini daʼvo qilmoqda. Sudda kim gʻalaba qozondi?
— Oxir-oqibat hozircha hech kim sudda gʻalaba qozongani yoʻq, oldinda hali arbitraj bosqichlari bor. Sud jarayoni uch qismdan iborat:
* Shartnomani bekor qilishning qonuniyligi: hamma avvalgi instantsiyalar, jumladan Shvetsiyadagi sud, Finlyandiya tomoni shartnomani noqonuniy ravishda, qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan holda bekor qilganini tan oldi.
* Kechikish sabablari: sud instantsiyasi deyarli besh yillik kechikish buyurtmachining masʼuliyat hududida ekanini tasdiqladi, chunki pudratchi faqat buyurtmachi tomonidan belgilangan tezlikda harakat qilishi mumkin.
* Moliya: bizning 2 mlrd dollardan ortiq summadagi daʼvomiz Fennovoima ustav kapitaliga kiritilgan investitsiyalarni va loyihani amalga oshirish uchun finlarga berilgan ssudani oʻz ichiga oladi. Oʻzaro hisob-kitoblarni (avanslar va toʻlovlarni) hisobga olgan holda, sud qarori ummuman olganda bekor qilish fakti boʻyicha ham, kechikish sabablari boʻyicha ham biz tomonda. Sud 2022 yil holatiga koʻra bizni mutlaqo haq deb topdi, bu bizga mumkin boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblarni hisobga olgan holda butun summani toʻlash uchun taqdim etish huquqini beradi.
— Zaporojye AESdagi bugungi vaziyatni sharhlay olasizmi?
— Yana bir ogʻir kun oʻtdi. Energodarda ZAES infratuzilmasiga zarbalar berildi: bosmaxona, transport xoʻjaligi va garaj kooperativi zarar koʻrdi. Baxtimizga, kechagi kundan farqli oʻlaroq, qurbonlar boʻlmadi, ammo shahar ogʻir front hayoti bilan yashamoqda.
Energiya xavfsizligini va stantsiyaning tashqi energiya taʼminotini mustahkamlash uchun tunda yakunlanishi rejalashtirilgan energetika infratuzilmasida sukunat rejimidagi ishlar davom etmoqda. Vaziyat nazorat ostida, stantsiya xavfsiz holatda, xodimlar uni saqlab qalish boʻyicha qahramonona ishni davom ettirmoqda.

