AKShda bola tugʻishi uchun amalga oshirilgan safar sababli viza bekor qilinishi mumkin
AQShning Tojikistondagi elchixonasi farzand dunyoga keltirish va unga Amerika fuqaroligini olish maqsadida mamlakatga safar qilish oqibatlaridan ogohlantirdi. Ushbu maqsadda turistik vizadan foydalanish taqiqlanadi. Qoidalarni buzish vizaning bekor qilinishiga va AQShga boʻlajak safarlarda muammolar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Diplomatik missiyada taʼkidlanishicha, AQSh fuqaroligini olish uchun farzand dunyoga keltirish asosiy maqsad boʻla olmaydi […]

AKShda farzand tavallud qilish maqsadidagi safar uchun viza bekor qilinishi mumkin
AKShning Tojikistondagi elchixonasi mamlakatga farzand tavallud qilish va unga Amerika fuqaroligini olish maqsadida safar qilish oqibatlaridan ogohlantirdi. Buning uchun sayyohlik vizasidan foydalanish taqiqlangan. Qoidalarni buzish vizaning bekor qilinishiga va kelajakda AKShga safar qilishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Diplomatik missiyada taʼkidlanishicha, bolaning AKSh fuqaroligini olishi uchun tavallud qilinishi sayyohlik vizasi boʻyicha safarning asosiy maqsadi boʻla olmaydi.
Bunday amaliyot «tugʻruq turizmi» sifatida tanilgan. AKSh Davlat departamenti ham ushbu maqsaddagi safarlar uchun sayyohlik vizasi berilmasligini koʻrsatib oʻtmoqda.
Shu bilan birga, ogohlantirish barcha homilador ayollar uchun kirishni taqiqlashni anglatmaydi. Gap aynan asosiy maqsadi bolaning Amerika fuqaroligini olishi uchun tugʻruq boʻlgan safarlar haqida bormoqda.

