Sport

Aichi-Nagoya-2026. Oʻtkirbek Joʻrayev Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi

Aichi-Nagoya-2026. Oʻtkirbek Joʻrayev Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bugungi kun juda sermahsul kechmoqda.

Akademik eshkak eshish, kanoe va baydarka, shuningdek, o‘q otish musobaqalarida qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar bugun sovrindorlar safidan joy olgan edi. Endi ularga sport gimnastikasi va qilichbozlik vakillari ham qo‘shildi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi O‘tkirbek Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dastakli ot mashqida qatnashgan yurtdoshimiz 14.733 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi.

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova esa finalda ikki karra jahon chempioni, yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 25 taga yetdi: 5 ta oltin, 12 ta kumush, 8 ta bronza.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.