Aholi uçun suyultirilgan gaz – propanning yangi narxi eʼlon qilindi
Tabiiy gaz mavjud bölmagan hududlarda elektr energiyasining bazaviy meyori 350 kVt·soatga yetkazildi, propanning çakana narxi esa kilogrammi uçun 5 ming söm etib belgilandi. Ehtiyojmand oilalarga gaz xaridi uçun oyiga 60 ming sömgaça kompensatsiya beriladi.

Aholi uchun suyultirilgan gaz — propanning yangi narxi ma’lum qilindi
Hukumatning «Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötişda aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş mexanizmlari töğrisida»gi qarori, shuningdek, «Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaşning bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatlarga köra:
2026-yil 1-noyabrdan tabiiy gaz mavjud bölmagan yoki yetkazib beriş qiyin bölgan hududlarda elektr energiyasining bazaviy meyori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgaça oşirildi.
2026-yil 15-noyabrdan aholi uçun suyultirilgan gaz - propanning çakana sotiş narxi har bir kilogramm uçun qöşilgan qiymat soliği bilan 5 000 söm miqdorida belgilandi.
LPG-Trade MÇJ tomonidan aholiga suyultirilgan gazni yetkazib beriş xizmati uçun çeklangan narx har bir kilogramm uçun qöşilgan qiymat soliği bilan 1 300 söm etib belgilanadi.
Ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uçun 3 ming sömdan, oyiga 20 kilogrammgaça kompensatsiya tölanadigan böldi.

