Abrorjon Poʻlatov Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudirining oʻrinbosari etib tayinlandi

Abrorjon Poʻlatov Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudirining oʻrinbosari etib tayinlandi
Abrorjon Poʻlatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tegishli farmoyishni davlat rahbari Administratsiyasi rahbari imzoladi.
Abrorjon Poʻlatov siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasiga ega.
Bundan avval u Milliy elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi (MEOAVA) bosh direktorining ijodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan, 2022 yil may oyida esa Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori va boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tasdiqlangan edi.
Bundan tashqari, u Hamroh loyihasi asoschisi hisoblanadi va avvalroq "Avtoradio" radiostantsiyasi egasi sifatida qayd etilgan.

