Abbos Falastin davlatchiligi haqida gapirdi, Netanyahu Isroil tanqidchilarini qoraladi
24-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida nutq soʻzlagan Binyamin Netanyahu Isroilning mintaqadagi xatti-harakatlarini himoya qilishga urindi. Videomurojaat orqali chiqish qilgan Mahmud Abbos esa “Isroil bilan yonma-yon va tinchlikda yashaydigan Falastin davlatini barpo etishga intilishini” aytdi.

Abbos Falastin davlatchiligi haqida soʻz yuritdi, Netanyahu esa Isroil tanqidchilarini qoraladi
24-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu nutq soʻzladi va unda Isroilning mintaqadagi harakatlarini himoya qilishga urinib koʻrdi.
Netanyahu minbarga chiqqan zahoti uni norozilik hushtaklari bilan kutib olishdi, zaldagi koʻplab diplomatlar esa oʻtgan yildagidek tashqariga chiqib ketdi. Shu paytda Isroil rahbarining tarafdorlari «Isroil xalqi yashamoqda» degan maʼnoni anglatuvchi shiorni ayta boshladi.
Netanyahu nutqidan Nyu York meri Zohran Mamdani va Gʻarbiy Yevropa yetakchilarini keskin tanqid qilish, shuningdek, Qatar va Turkiyani Isroil haqida yolgʻon tarqatishda ayblash uchun foydalandi.
«Siz bu yerga kelishimni toʻxtatishga urindingiz. Meni jim qilishga urindingiz. Biroq siz meni jim qila olmaysiz», dedi Netanyahu Mamdani haqida.
Mamdani oʻz lavozimiga saylanish kampaniyasi chogʻida, agar Netanyahu AQShning eng yirik shahriga tashrif buyursa, uni ehtimoliy harbiy jinoyatlari uchun hibsga olishga vaʼda bergan edi. Keyinroq esa buning uchun oʻzida huquqiy vakolat yoʻqligini aytdi.
Netanyahuning chiqishiga javoban Mamdani uni BMTdagi nutqidan «falastinliklarga qarshi genotsidini oqlashga qaratilgan asossiz yolgʻonlarni takrorlash» uchun foydalanganlikda aybladi.
«Hech qanday yolgʻon uning harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, Xalqaro jinoiy sudning hibsga olish orderi obyekti boʻlib qolayotgani haqidagi faktni oʻzgartira olmaydi»,

