4−5 oktyabr kunlari Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi mavjud
4−5 oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirlar sababli Toshkent va Oʻzbekistonning yana sakkizta viloyatining togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Bunday hududlarning aholisi va tashrif buyuruvchilaridan ehtiyot choralarini koʻrish soʻraldi.

4–5 oktyabr kunlari Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi kutilmoqda
Oʻzgidromet 4–5 oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirlar sababli Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida xabar berdi.
Ayrim hududlarda yerlarni suv bosishi istisno etilmaydi. Ushbu joylarning aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralarini koʻrish soʻraldi.

