22−23-avgust kunlari O‘zbekistonning qator viloyatlariga sel kelishi mumkin
O‘zgidromet 22−23-avgust kunlari qator viloyatlarning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

22-23-avgust kunlari O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida sel kelishi xavfi mavjud.
O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, 22-23-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar tufayli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel hamda suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar, shuningdek, tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.
Ba’zi joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

