41 yoshli rossiyalik reper Misha Mavashi vafot etdi

41 yoshli rossiyalik reper Misha Mavashi vafot etdi
42 yoshida asli qozogʻistonlik boʻlgan rossiyalik rep-ijrochi Misha Mavashi vafot etdi.
41 yoshli muzikantning oʻlimi haqida 24 oktyabrdan 25 oktyabrga oʻtar kechasi uning yaqinlari xabar berdi.
Sanʼatkorning vafoti haqidagi xabar uning rasmiy Telegram-kanalida paydo boʻldi. Tegishli videomurojaatni reperning doʻstlaridan biri eʼlon qildi.
"Afsus bilan xabar qilishga majburmanki, oramizda fojia yuz berdi. Mixail Fedorovich Mavashi bugun oqshom, 24 oktyabrdan 25 oktyabrga oʻtar kechasi, baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Tafsilotlarni hozircha maʼlum qilmaymiz, vaziyatni oʻrganyapmiz. Hamma shokda", — dedi u.

