Other News

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi.

Poytaxtda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Iroq investitsiya va biznes forumi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Iroq savdo vaziri Azir Davud Salman Al-Gurairi bilan uchrashdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi..

15 January 12:34

«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi.

Madridliklar yangi bosh murabbiy boshchiligidagi ilk o‘yinda Segunda vakiliga yutqazdi, «Arsenal» safardagi derbida ishonchli g‘alabaga erishdi..

15 January 12:33

Toshkentda xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamab qo‘ygan sobiq harbiy 3 yilga qamaldi.

41 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ini suv va yegulik bermagan holda bir sutka zax yerto‘lada ushlab turgan. Sud nafaqadagi harbiyni oilaviy zo‘ravonlik hamda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish jinoyatlarini sodir qilishda aybli deb topdi. Erkakka qo‘llangan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, u sud zalida qamoqqa olindi.  .

15 January 12:22

Zelenskiy Ukraina energetikasida favqulodda holat rejimi joriy etilishini ma’lum qildi.

Rossiya hujumlari davom etayotgani fonida Ukraina energetika tizimida favqulodda holat (FH) rejimi kiritiladi. Prezident Volodimir Zelenskiyning aytishicha, oqibatlar og‘ir, Kiyevda esa vaziyat urush boshlanganidan beri eng murakkab: shaharda 400 ta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qolgan..

15 January 12:10

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati