Siyosat Hot News

16 June 22:31

Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar yaqin oylarda harbiy harakatlar to‘xtatilmasa, Rossiyani «dahshatli qish» kutayotgani haqida ogohlantirdi..

16 June 22:24

Tramp Yevropa Ittifoqi ta’sirida Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgargartirdi - OAV.

Fransiyadagi sammitda yig‘ilgan G7 yetakchilari - Yevropa va Qo‘shma Shtatlarning Rossiya-Ukraina mojarosidagi kuchlar joylashuvi bo‘yicha pozitsiyalari yaqinlashayotgani ta’kidlanmoqda..

16 June 22:16

Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirilganidan so‘ng, qo‘shinlariga Kiyevdan chekinishni buyurgan, chunki undan buni «muayyan siyosatchilar va kuchlar» so‘ragan va u «tinchlikni tiklamoqchi» bo‘lgan, biroq aldangan. Bu haqda Aleksandr Lukashenko Al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi..

16 June 20:10

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan ittifoqchilikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustinni qabul qildi..

Siyosat News

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi..

16 June 20:05

Muzrabotda fermerlar haqoratlangani yuzasidan tekshiruv boshlandi.

Voqeaga xolis huquqiy baho berish uchun Surxondaryodagi vakolatli idoralar ishtirokida ishchi guruh tuzildi. Viloyat hokimi holatni shaxsiy nazoratiga olgani ma’lum qilindi..

16 June 19:55

Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi.

Kapotnedagi Moskva neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi..

16 June 19:49

AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda.

Isroil rasmiylari eng muhim ittifoqchisi – Tramp ma’muriyatini g‘azablantirishdan qo‘rqib, omma oldida Eron bilan kelishuvga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirmoqda. Biroq o‘zaro suhbatlarda norozilik aniq sezilib turibdi, deb yozmoqda Reuters nashri..

16 June 19:23

O‘zbekistonda ish tashlash huquqi joriy etilmoqda. U qanday ishlaydi?.

O‘zbekistonda xodimlarning ish tashlash huquqi rasman e’tirof etildi. Tegishli qonun 11 iyun kuni prezident tomonidan imzolandi va uch oydan keyin kuchga kiradi. Yaponiyaning Nagoya universitetida ish tashlash huquqiga oid doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan huquqshunos Hasanboy Rahimberganov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida yangi qonunning asosiy normalarini tushuntirib berdi..

16 June 19:22

Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Ali Asadov bilan O‘zbekiston – Ozarboyjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi..

16 June 19:01

Prezident AQShning Air Producs kompaniyasi rahbarini qabul qildi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Air Producs kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezesni qabul qildi..

16 June 18:57

Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi.

O‘zbekiston – Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi..

16 June 18:54

AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?.

Tomonlar butun front bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olgan. Ammo Isroil buni va’da qilmayapti. Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ham kelishuv yo‘q. .

16 June 18:52

“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi.

Kun.uz ixtiyoriga Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv kelib tushdi. Unda hokim deb tanishtirilgan shaxs g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni so‘kib, ulardan rejani bir necha soat ichida bajarishni talab qilgan. Manbaga ko‘ra, holat 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida sodir bo‘lgan..

16 June 18:05

Ziroat Mirziyoyeva Albaniya birinchi xonimi Armanda Begay bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi..

16 June 17:38

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda to‘xtab o‘tgan Malayziya bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda to‘xtab o‘tgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, ularni amaliy mazmun bilan boyitish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Oliy darajadagi o‘zaro tashriflar natijasida mamlakatlarimiz hamkorligi mutlaqo yangi bosqichga...

16 June 17:23

AQSh–Eron sulhi va Isroil omili.

AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuv Isroilda Netanyahu hukumatiga nisbatan tanqidlarni kuchaytirdi. 2023 yildan beri G‘azo, Livan, Yaman, Suriya, Eron va hatto Qatarni bombalagan Isroil xalqaro reputatsion yo‘qotishlar evaziga biror strategik yutuqqa erishdimi? Bu savol amaldagi bosh vazirning qayta saylanishiga shubhalarni kuchaytirmoqda. Chunki asosiy ittifoqchi Tramp ham Netanyahudan norozi..

16 June 17:05

Davlat xizmatchilari korrupsiya oqibatlarini ko‘rish uchun qamoqxonalarga olib boriladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilari uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalariga profilaktik tashriflar tashkil etadi. Ular mahkumlar bilan uchrashib, korrupsiyaning shaxsiy va ijtimoiy oqibatlari haqida hayotiy misollar bilan tanishadi.

16 June 16:53

Soliq organlarining P2P monitoringi qanchalik qonuniy?.

Yaqinda fuqarolarning shaxsiy bank kartalari bo‘yicha operatsiyalari soliq organlari tomonidan tahlil qilinayotgani ma’lum bo‘ldi. Soliq qo‘mitasi bu o‘rganishlar yuridik shaxslarning rahbar xodimlariga tegishli bank kartalariga taalluqli ekanini bildirdi. Advokat, soliq maslahatchisi Nodirbek Xudoyqulov Kun.uz uchun yozgan maqolasida bu tartibning huquqiy asoslari nega bo‘shligi haqida so‘z yuritadi..

16 June 16:11

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Next

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati