Dunyo Hot News

16 June 22:31

Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar yaqin oylarda harbiy harakatlar to‘xtatilmasa, Rossiyani «dahshatli qish» kutayotgani haqida ogohlantirdi..

16 June 22:24

Tramp Yevropa Ittifoqi ta’sirida Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgargartirdi - OAV.

Fransiyadagi sammitda yig‘ilgan G7 yetakchilari - Yevropa va Qo‘shma Shtatlarning Rossiya-Ukraina mojarosidagi kuchlar joylashuvi bo‘yicha pozitsiyalari yaqinlashayotgani ta’kidlanmoqda..

16 June 22:16

Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirilganidan so‘ng, qo‘shinlariga Kiyevdan chekinishni buyurgan, chunki undan buni «muayyan siyosatchilar va kuchlar» so‘ragan va u «tinchlikni tiklamoqchi» bo‘lgan, biroq aldangan. Bu haqda Aleksandr Lukashenko Al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi..

16 June 19:49

Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi.

Kapotnedagi Moskva neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi..

Dunyo News

AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda.

Isroil rasmiylari eng muhim ittifoqchisi – Tramp ma’muriyatini g‘azablantirishdan qo‘rqib, omma oldida Eron bilan kelishuvga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirmoqda. Biroq o‘zaro suhbatlarda norozilik aniq sezilib turibdi, deb yozmoqda Reuters nashri..

16 June 19:23

AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?.

Tomonlar butun front bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olgan. Ammo Isroil buni va’da qilmayapti. Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ham kelishuv yo‘q. .

16 June 18:52

Uzunligi qariyb 6 metr - Amerikadagi eng mashhur avtomobil nomi e’lon qilindi.

2026 yil boshidan may oyigacha AQSh hududidagi eng mashhur yangi avtomobillar reytingida Ford F-Series pikapi yetakchilik qilmoqda..

16 June 18:47

Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi.

Mamlakat rasmiylari imtihon paytidagi firibgarliklarga qarshi kurash maqsadida shunday yo‘l tutganini ta’kidlamoqda..

16 June 18:39

AQSh–Eron sulhi va Isroil omili.

AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuv Isroilda Netanyahu hukumatiga nisbatan tanqidlarni kuchaytirdi. 2023 yildan beri G‘azo, Livan, Yaman, Suriya, Eron va hatto Qatarni bombalagan Isroil xalqaro reputatsion yo‘qotishlar evaziga biror strategik yutuqqa erishdimi? Bu savol amaldagi bosh vazirning qayta saylanishiga shubhalarni kuchaytirmoqda. Chunki asosiy ittifoqchi Tramp ham Netanyahudan norozi..

16 June 17:05

Xitoy universitetlarida 12 mingdan ziyod mutaxassislik tugatildi – sabab ma’lum

Xitoy oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillardagi eng yirik islohot amalga oshirilmoqda. Unga muvofiq, akademik dasturlar ro‘yxati sun’iy intellekt bilan bog‘liq mutaxassisliklar foydasiga ommaviy ravishda qayta ko‘rib chiqilmoqda.  Southern China Morning Post nashri yozishicha, mamlakatda 2021-yildan 2025-yilgacha 12,2 mingga yaqin bakalavriat dasturi yopilgan yoki vaqtinchalik

16 June 16:05

AQSh va Rossiyada bombardimonchilar quladi, Shvetsiyada muhojirlar uchun yangi tartib – kun dayjesti.

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz..

16 June 15:42

🔴 LIVE: Eron bilan kelishuv Rossiyaga zarbami? | “Geosiyosat”.

Eron yadroviy faoliyatini shaffof shaklda olib borsa, bir qator yetakchi davlatlar Tehronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi mumkin. Isroilda esa AQSh–Eron kelishuviga qarshi bayonotlar yangrayapti. .

16 June 15:20

Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?.

JChda ilk katta sensatsiya qayd etildi. Afrikaning Kabo-Verde jamoasi musobaqa favoriti Ispaniya bilan o‘yinda 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Butun o‘yin davomida hujum qilgan «Qizil furiya» endilikda bemalol zamonaviy futbol afsonasi deyishga arziydigan Vozinya darvozasiga yo‘l topa olmadi. .

16 June 15:15

Hindiston imtihonlarni qayta topshirish davrida Telegram`ni vaqtincha blokladi

Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarini qayta topshirish davrida Telegram faoliyati vaqtincha cheklandi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, messenjerdan abituriyentlarni aldash maqsadida firibgarlar foydalangan. Avvalgi imtihon natijalari savollar tarqalib ketgani sabab bekor qilingandi.

16 June 14:50

AQSh va Eron dastlabki kelishuvni imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki kelishuvni allaqachon imzolaganini ma’lum qildi. Hujjat mazmuni hozircha ochiqlanmagan, ammo Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, unda “Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi” deb qayd etilgan.

16 June 14:03

JCH-2026: Mexikodagi atmosfera. Gazeta fotoreportaji

Gazeta jamoasi Meksikaga uchib keldi. Mexikodagi mashhur “Asteka” stadionida 18-iyun kuni O‘zbekiston va Kolumbiya jamoalari to‘qnash keladi. Nashr rahbari Davlat Umarov futbol poytaxtining jahon chempionatiga qanday hozirlik ko‘rgani va xorijlik muxlislarni qanday kutib olayotgani haqida so‘z yuritadi.

16 June 13:27

SWIFT’ning rasmiy hamkori: Fido Biznes banklarni ISO 20022 standartiga o‘tishga qanday tayyorladi?.

SWIFT tizimining o‘tish davri yakunlanishiga sanoqli oylar qoldi. 2026 yil 29 avgustdan so‘ng o‘z tizimlarini ISO 20022 standartiga moslashtirishni yakunlamagan banklar xalqaro to‘lov xabarlarining rad etilishi xavfiga duch kelishi mumkin. Fido Biznes mijozlari esa yangi xalqaro standartlarni o‘z vaqtida joriy etilgan qo‘llab-quvvatlash yechimlari tufayli ushbu vazifani allaqachon hal etgan..

16 June 10:30

BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan bog‘liq uylar va avtomobilning yoqib yuborilishiga oid ishda Rossiya izi bo‘lishi mumkin. BBC va Financial Times nashrlari o‘tkazgan jurnalistik surishtiruvda hodisalar ortida rossiyalik diplomat bilan bog‘liq shaxs turgani haqida xulosalar keltirilgan..

16 June 10:30

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Next

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati