Mahalliy

17 yoshli oʻzbekistonlik qiz majburiy nikoh va zoʻravonlikdan soʻng Turkiyadan qaytarildi

Oʻqishga deb Turkiyaga olib ketilgan qiz majburiy nikoh, jismoniy zoʻravonlik va majburiy mehnatga duch kelganini aytib, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qildi. Unga huquqiy yordam koʻrsatildi va u Oʻzbekistonga qaytarildi.

17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi majburiy nikoh va zoʻravonlikdan soʻng Turkiyadan qaytarildi

Migratsiya agentligi va Bosh konsulxona advokatlar ishtirokida voyaga yetmagan vatandoshga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatdi. Uni vataniga qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlandi.

Hozirda uning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, ijtimoiy-huquqiy va psixologik himoya qilish masalalari tegishli tashkilotlar nazoratida.

Agentlik chet elda zoʻravonlik, majburiy mehnat, kamsitish yoki ogʻir moddiy ahvolga duch kelgan fuqarolarni yordam soʻrab murojaat qilishga chaqirdi.

Bunday vaziyatlarda Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalariga, shuningdek, Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.