Mahalliy

Migratsiya agentligi 7 oyda O‘zbekistonga necha kishi qaytarilganini ma’lum qildi

Migratsiya agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki yetti oyida xorijda ogʻir ahvolga tushib qolgan 2 888 nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻz vataniga qaytarildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati 11-avgust kuni xabar berdi.

Ushbu fuqarolarni qaytarish bilan bogʻliq transport, tibbiy, tashkiliy va boshqa zarur xarajatlar uchun Migratsiya jamgʻarmasidan jami 9 milliard 936 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Qaytarilgan fuqarolarning toifasi quyidagicha:

* 1 306 nafari – moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan shaxslar;

* 518 nafari – bolali ayollar;

* 1 022 nafari – bolalar.

Shuningdek, 42 nafar fuqaro maxsus tibbiy transport (yotqizilgan holda) orqali olib kelingan boʻlsa, tibbiy kuzatuvga muhtoj boʻlgan 15 nafar fuqaro Sogʻliqni saqlash vazirligi shifokorlari nazorati ostida vatanga qaytarildi.

Misol tariqasida, 2024-yilda ishlash maqsadida Sankt-Peterburgga ketgan bir erkakning 2026-yil mart oyidan oilasi bilan aloqasi uzilgan. Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida uning ruhiy holatida oʻzgarishlar kuzatilgani va qarovsiz qolgani aniqlangan. U Migratsiya agentligi koʻmagida Sankt-Peterburg – Toshkent reysi orqali vatanga olib kelingan.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yilning iyul oyida Rossiyadan qariyb 600 nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarilgan edi. Shuningdek, 12-avgust kuni Tataristonda dronlar hujumi oqibatida halok boʻlgan 8 nafar fuqaroning jasadi Oʻzbekistonga olib kelindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.