Other News

26 oktyabrdan 80-, 114- va 127-sonli avtobuslar BRT yo‘lagida harakatlanadi.

Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali 80-, 114- va 127-sonli avtobuslar harakatni boshlaydi. Loyiha jamoat transportiga ustuvorlik berish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilar uchun qulay hamda xavfsiz shart-sharoit yaratishga qaratilgan..

25 October 12:07

TIV vatandoshlarni Telegram'dagi «hujjat tayyorlash» e’lonlaridan ogohlantirdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi konsullik muassasalariga tayangan holda vatandoshlarni ijtimoiy tarmoqlardagi «hujjat tayyorlab berish» haqidagi e’lonlarga ishonmaslikka chaqirdi. Ma’lum qilinishicha, Telegram'da qalbaki hujjatlar tayyorlashni taklif etuvchi guruh va kanallar ortib, konsulliklarga soxta hujjat taqdim etish holatlari qayd etilmoqda..

25 October 11:47

Toshkentda Germaniya texnologiyalari va kompaniyalarini jalb etish muhokama qilindi.

24 oktyabr kuni O‘zbekiston TIV vazirining o‘rinbosari Bobur Usmonov Germaniya Bundestagining tashqi ishlar qo‘mitasi a’zosi Stefan Mayyer bilan uchrashib, siyosiy va parlamentlararo muloqot bilan birga Germaniya texnologiyalari va yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etish masalalarini muhokama qildi..

25 October 11:33

Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi.

Yevropa komissiyasi TikTok, Facebook va Instagram tomonidan YeIning Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (Digital Services Act, DSA) talablarini buzish holatlari borligini bildirdi. Bryussel fikricha, bu platformalar ma’lumotlarga kirishni cheklamoqda va foydalanuvchilarning noqonuniy kontent haqida shikoyat qilishini qiyinlashtirmoqda..

25 October 11:21

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati