Similar News

«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil o‘rtasida «to‘liq va mutlaq» o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. Biroq kelishuvga qaramay, ikki tomondan ham davom etgan hujumlar tinchlik rejasining kelajagini shubha ostiga qo‘ymoqda. Tramp «sulh»dan keyin ham Isroilni bir necha marta tanqid qildi, ikki tomon qilgan hujumlarni qoralash uchun haqoratli so‘z ishlatdi – tafsilotlar..

24 June 21:21

“Jin ursin, ular nima qilishayotganini bilmayapti”. Tramp Isroil va Eronni tanqid qildi

Donald Tramp Isroil va Eronni 24-iyun kuni ertalab e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda aybladi. “Bizda ikki davlat bor, ular shunchalik uzoq vaqtdan beri va shunchalik qat’iyat bilan urishmoqdaki, nima qilayotganlarini, jin ursin, bilmayapti”, — dedi AQSh prezidenti.

24 June 13:53

24 June 11:24

Isroil va Eron otashkesim shartlarini buzdi – Tramp

Donald Tramp Gaagadagi NATO sammitiga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlar bilan suhbatda Isroil ham, Eron ham o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini bir necha soat oldin buzganini ma’lum qildi. «Ayniqsa Isroil», – degan Tramp.  Trampning aytishicha, Isroil sulhga erishilgandan so‘ng ham Eronga harbiy hujumni davom ettirgan....

24 June 11:04

Tramp Eron va Isroil «to‘liq otashkesimga» kelishganini e’lon qildi. Eron ham, Isroil ham buni tasdiqlamadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron «to‘liq va mutlaq» o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani haqida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv bir necha soat ichida kuchga kiradi. Lekin, Tramp bayonotidan so‘ng ham Isroil havo hujumlarini davom ettirdi. Eron tashqi ishlar vaziri rasman bunday kelishuv yo‘qligini aytdi. OAVga ko‘ra, Trampning ushbu bayonoti Oq uy ma’muriyati amaldorlarini ham hayratga solgan..

24 June 07:43

Isroil Donald Tramp taklifiga ko‘ra Eron bilan sulhga rozilik bildirdi

24 iyun kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning devoni AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga Isroilning rasman rozi ekanini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

24 June 07:26

Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bitimi kuchga kirdi — Tramp

AQSh prezidenti Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bitimi kuchga kirganini ma’lum qildi. Netanyahu buni tasdiqladi. Eron TIV rahbari, Isroil bunga amal qilsa, “javob qaytarishda davom etish niyati yo‘q”ligini bildirdi. Kecha Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa uchirgandi. Asosiy ma’lumotlar.

24 June 07:24

Tehron Trampning Isroil bilan sulh to‘g‘risidagi bayonotini rad etdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchiy AQSH Prezidenti Donald Trampning Tehron va Tel-Aviv o‘rtasida go‘yoki o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi bayonotini rad etdi.

24 June 06:55

Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini eʼlon qildi. Ushbu kelishuv 12 kun davom etgan qurolli to‘qnashuvni rasman yakunlashi kutilmoqda. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida maʼlum qildi.

24 June 06:51

Other News

OTMlarga kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi.

Bu yil ham OTMlarga test sinovlari 14–25 iyul oralig‘ida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Ta’lim va malakalarni baholash agentligi vakili Jamshid Odilov ma’lum qildi. Imtihon o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati shakllantirilgan. Aniq sanalar ariza topshirish jarayoni yakuniga yetganidan keyin e’lon qilinadi.

25 June 03:47

Dunyoda yana bir urush xavfi: Tailand va Kambodja nimani talashyapti?

Tailand bahsli hududdagi otishmada kambodjalik askar halok bo‘lganidan so‘ng yettita provinsiyasi chegarasidan kirishni to‘xtatdi. Kambodja javoban o‘z hududida Tailand filmlari namoyishini taqiqladi, mahsulotlar importini cheklab, viza qoidalarini qattiqlashtirdi. Bahs ildizi — qadimiy Preax Vixear ibodatxonasi, BMT sudi qarori bilan u Kambodjaga tegishli, ammo Tailand, garchi hududni...

25 June 03:01

Senat Kengashi sakkizinchi yalpi majlisni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Joriy yilning 24-iyun kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

25 June 02:55

Shvetsiya O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb qilishga qiziqish bildirmoqda

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya Migratsiya vaziri Johan Forssell o‘rtasida O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

25 June 02:00

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati