1-noyabrdan imtiyozli pensiyaga onlayn ariza beriş mumkin böladi
2026-yil 1-noyabrdan imtiyozli şartlarda pensiya tayinlaş uçun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qiliş mumkin böladi. Xizmat umumiy belgilangan yoşdan oldin pensiya oliş huquqiga ega fuqarolarga körsatiladi.

1-noyabrdan boshlab imtiyozli pensiya uchun onlayn ariza topshirish mumkin bo‘ladi.
Bu tartib prezidentning 2026-yil 28-sentabrdagi PQ–355-son qarorida belgilangan.
Yangi xizmat mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda band bo‘lgan, shuningdek, qonunchilikdagi boshqa asoslarga ko‘ra pensiyaga imtiyozli shartlarda ertaroq chiqish huquqiga ega shaxslarni qamrab oladi.
Fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishi mumkin.
Imtiyozli pensiya tayinlash xizmati fuqarolarning murojaati asosida interaktiv shaklda ko‘rsatiladi.

