1-noyabrdan ayrim issiqxonalarga subsidiya beriladi
2026-yil 1-noyabrdan energiya tejovçi texnologiyalardan foydalanayotgan issiqxona xöjaliklariga oktabr–mart oylarida isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bu qöllab-quvvatlaş çorasi 2030-yil 1-aprelgaça amal qiladi.

1-noyabrdan ayrim issiqxonalarga subsidiya ajratiladi.
«Huquqiy axborot» kanali maʼlumotiga ko‘ra, subsidiya issiqlik energiyasini tejovchi maxsus qoplama — «ko‘rpa» bilan qoplangan va (yoki) energiya samarador «yashil» isitish vositalaridan foydalanayotgan issiqxonalarga beriladi.
Bunday isitish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi: issiqlik nasoslari; geotermal isitish tizimlari; quyosh issiqlik tizimlari; elektr energiyasi asosidagi yuqori samarali isitish tizimlari.
Qo‘llab-quvvatlash yilning oktabrdan martgacha bo‘lgan davrida isteʼmol qilingan elektr energiyasi xarajatlariga tatbiq etiladi.

