Issiqxona xoʻjaliklariga soliq imtiyozlari va subsidiyalar berildi
Prezident qarori bilan, issiqxona xoʻjaliklari QQS va foyda soligʻidan ozod etildi. Asosiy daromadi issiqxonachilikdan boʻlgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushirildi, yer va mulk soliqlari esa 50 foizga kamaytirildi. Oktabrdan martgacha “yashil” issiqxonalarning elektr xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi. Toshkent viloyatida tomorqasida issiqxonaga ega aholiga subsidiya ajratiladi.

Issiqxona xoʻjaliklari uchun soliq imtiyozlari va subsidiyalar joriy etildi
Oʻzbekiston prezidenti 13-oktabr kuni issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, issiqxona xoʻjaliklari uchun quyidagi imtiyozlar va subsidiyalar belgilandi: qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 0 foiz etib belgilandi; qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari uchun oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha foyda soligʻi stavkasi 0 foiz etib belgilandi; issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan issiqxona xoʻjaliklari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha 1 foiz etib belgilandi.
2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha issiqxona faoliyatidan daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va mol-mulkka solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
2026-yil 1-noyabrdan 2030-yil 1-aprelgacha issiqlik energiyasini tejovchi maxsus qoplanma “koʻrpa” bilan qoplangan va (yoki) energiya samarador “yashil” isitish vositalaridan (issiqlik nasoslari, geotermal isitish tizimlari, quyosh issiqlik tizimlari, elektr energiyasi asosidagi yuqori samarali isitish tizimlari) foydalanayotgan issiqxona xoʻjaliklariga oktabr–mart oylarida isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Energiya samaradorligi milliy agentligi 2030-yil 1-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl va Yuqori Chirchiq tumanlarida aholi tomorqalaridagi issiqxonalarni isitish uchun quyosh panellari, issiqlik nasoslari, infraqizil isitish moslamalari va boshqa energiya tejamkor uskunalarni xarid qilish hamda oʻrnatish xarajatlarining

