Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy taşrifi yakunlandi
Özbekiston rahbari Turkiya prezidenti bilan uçraşuv ötkazdi hamda Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammitida iştirok etdi. Taşrif doirasida Turkiyaning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ham ötkazildi.

Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
“Etimesgut” aeroportida O‘zbekiston rahbari va rafiqasini Turkiya savdo vaziri Ömer Bolat va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston yetakchisi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi hamda qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tashrif doirasida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

