Dunyo

Şavkat Mirziyoyev Turkiy turizm alyansi tuzişni taklif qildi

Özbekistonliklar turkiy davlatlarga ID-karta bilan safar qilişi mumkin.

**Shavkat Mirziyoyev Turkiy turizm alyansini tuzishni taklif qildi**

Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi boshlandi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqish qilib, tashkilotga a’zo davlatlarning turizm salohiyatiga e’tibor qaratdi.

Davlat rahbari o‘z chiqishida turkiy davlatlar o‘rtasida xorijga chiqish pasportisiz, faqat ID-karta bilan safar qilish imkoniyatini kengaytirishni taklif qildi.

«Turizm sohasidagi ulkan imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solishimiz lozim. Birgina 2022-yilda davlatlarimizga 40 milliondan ziyod xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Turkiy xalqlarning tarixiy shaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondo‘stlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etish maqsadida Turkiy turizm alyansini tashkil qilish vaqti keldi.

Aholimiz uzoqni yaqin, og‘irini yengil qilish uchun fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama bitim ishlab chiqishni taklif etamiz. Unda ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, chegaradan o‘tish va mezbon davlat hududida bo‘lish tartibini soddalashtirish masalalarini aks ettirishimiz lozim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.