Özbekistonda töqqiz oyda kambağallik darajasi 5,8 foizdan 3,6 foizgaça pasaydi - Bandlik vazirligi
Ötgan 9 oy içida 824 ming nafar fuqaro doimiy işga joylaştirilgan. Şuningdek, 4,1 mln nafar aholining daromadini oşirişga yordam berilgan, 980 ming nafar fuqaroning norasmiy bandligi rasmiylaştirilgan.

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kambag‘allik darajasi 5,8 foizdan 3,6 foizgacha kamaydi — Bandlik vazirligi
2026-yilning yanvar-sentabr oylari davomida O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8 foizdan 3,6 foizgacha tushdi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hisobotida ma’lum qilingan.
Hisobotga ko‘ra, kambag‘allikdan xoli mahallalar soni 1435 tadan 3627 taga yetgan. «Ijtimoiy reyestr»dagi 429 mingta oilaga daromadini oshirish maqsadida 581 mingta xizmat ko‘rsatilgan, buning natijasida daromadi oshgan 440 mingta oila reyestrdan chiqarilgan.
O‘tgan 9 oy ichida 824 ming nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan. Shuningdek, 4,1 mln nafar aholining daromadini oshirishga yordam berilgan, 980 ming nafar fuqaroning norasmiy bandligi rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, kasbga o‘qitish dasturlari doirasida 96,4 ming kishi o‘qishga jalb qilinib, uni tamomlagan 59,2 ming nafar bitiruvchidan qariyb 45 mingi ish bilan ta’minlandi. Vaucher tizimi orqali qariyb 130 ming kishiga vaucher ajratilib, o‘qishni tamomlagan 56,5 ming kishidan 43 mingdan ortig‘i ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, yanvar-sentabr oylarida Onlayn mahalla elektron platformasi orqali jami 7730 ta subsidiya va 8 835 ta ssuda arizasi qanoatlantirilgan. Natijada 64,1 mlrd so‘m subsidiya (o‘tgan yilga nisbatan 58,4 foiz o‘sish) va 79,8 mlrd so‘m ssuda (+31,4 foiz) ajratilgan.

