Özbekiston ilm-fanga işonç böyiça dunyoda uçinçi örinni egalladi
Wellcome Global Monitor 2026 tadqiqoti maʼlumotlariga asoslangan reytingda Özbekiston ilm-fanga yuqori darajada işonç bildirganlar uluşi böyiça uçinçi örinni egallagan. Mamlakatda bu körsatkiç 63,8 foizni taşkil etgan. Tojikiston 60,7 foiz bilan törtinçi örinda qayd etilgan.

Oʻzbekiston ilm-fanga ishonch bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi
Natijalarga ko‘ra, Oʻzbekiston va Tojikiston ilm-fanga ishonch darajasi bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi yirik ilmiy markazlarga ega davlatlardan yuqoriroq o‘rinda qayd etilgan. Finlandiya, Germaniya va Shvetsiya ham birinchi o‘ntalikka kirgan. Rossiya esa 67-o‘rinda ko‘rsatilgan.
Reyting mamlakatlarning ilmiy salohiyati yoki kashfiyotlari sonini emas, so‘rov ishtirokchilarining ilm-fanga munosabatini aks ettiradi. Ayrim davlatlarda yuqori darajada ishonch bildirganlar ulushi 10 foizga ham yetmagan.
Tadqiqotchilar ilm-fanga ishonch va ilmiy savodxonlik o‘rtasida barqaror bog‘liqlik borligini ko‘rsatuvchi ishonchli dalillarni topmagan. Mamlakatdagi o‘rtacha ilmiy savodxonlik yoki taʼlimga davlat xarajatlari bilan ishonch darajasi o‘rtasida ham aniq bog‘liqlik kuzatilmagan.
Wellcome maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilda dunyo bo‘yicha respondentlarning 72 foizi ilm-fanga «maʼlum darajada» yoki «juda kuchli» ishonishini bildirgan. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 80 foiz bo‘lgan. Demak, besh yilda umumiy ishonch darajasi sakkiz foiz punktga pasaygan.
Bu global ko‘rsatkich ishonchning ikki darajasini birlashtiradi. Oʻzbekiston uchun keltirilgan 63,8 foiz esa aynan yuqori darajada ishonch bildirganlar ulushidir.
Garvard global salomatlik instituti tashkil etgan muhokamada ilm-fanga ishonchsizlik ijtimoiy tengsizlik, institutlar faoliyatidagi kamchiliklar, yolg‘on axborot tarqalishi va siyosiy qutblashuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taʼkidlangan. Shu bois ishonchni mustahkamlashda ilmiy natijalarni jamoatchilikka tushunarli yetkazish va jamoat institutlarining ishonchli ishlashi ham muhim omillar sifatida ko‘rsatilgan.

