O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng tinchliksevar davlat deb topildi
Umumdunyo ro‘yxatiga Islandiya boshchilik qildi, Rossiya oxirgi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng tinchliksevar davlat deb topildi
O‘zbekiston tinchliksevarlik darajasi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi sifatida e’tirof etildi
Global Peace Index 2026 xalqaro reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 37-o‘rinni egallab, dunyodagi eng tinchliksevar 40 ta davlat safidan joy oldi. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqorisi bo‘ldi.
Mintaqa davlatlari ichida Qozog‘iston 44-pog‘onani, Tojikiston — 47-pog‘onani, Qirg‘iziston — 61-pog‘onani, Turkmaniston esa 66-pog‘onani egalladi.
Rossiya tinchliksevar davlatlar ro‘yxatida eng oxirgi — 163-o‘rinni oldi. Ukraina, Kongo DR va Sudan ham so‘nggi o‘rinlarda qayd etildi.
Dunyodagi eng xavfsiz va tinchliksevar mamlakat maqomini saqlab kelayotgan Islandiya global reytingda yetakchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Yangi Zelandiya va Shveysariya egalladi.

