Mahalliy

Oʻzbekistonda oliy maʼlumotli ayollar soni erkaklarnikidan koʻproq ekani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda oliy maʼlumotga ega ayollar soni erkaklarnikidan koʻproq ekani aniqlandi

Kanadaning Visual Capitalist media platformasi mutaxassislari Jahon banki hamda YUNESKO Statistika institutining 2022-2025-yillardagi maʼlumotlariga tayangan holda, bugun erkaklar ko‘proq oliy maʼlumotlimi yoki ayollarmi, degan savolga javob izlashdi.

Natijalarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ayollar oliy maʼlumot olishda erkaklardan o‘rtacha 12 foizga oldinda. Xususan, Oʻzbekistonda ayollarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishi erkaklarnikiga nisbatan 14 foizga yuqori bo‘lib, mamlakat bu yo‘nalishda jami 148 ta o‘rin ichida 105-pog‘onada qayd etilgan.

Ayollar va erkaklar o‘rtasida universitetni tamomlash bo‘yicha eng katta tafovut Gambiya Respublikasida kuzatilgan. U yerda ayollar qarshi jins vakillaridan 83 foizga oldinda.

Oliy maʼlumotli ayollar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda Sent Marten turadi, bu yerda tafovut ayollar foydasiga 78 foizni tashkil etadi. Uchinchi o‘rinda esa Sent Vinsent va Grenadin orollari joylashgan — 68 foiz.

Dunyoda ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lgan o‘nta mamlakat qatoriga Qatar (64 foiz), Maldiv orollari (64 foiz), Tuvalu (60 foiz), Gayana (57 foiz), Aruba (57 foiz), Samoa (57 foiz) va Kiribati (56 foiz) ham kiradi.

Yirik iqtisodiyotga ega davlatlar orasida Shvetsiya (40 foiz), Polsha (37 foiz), Braziliya (36 foiz) va AQSH (32 foiz) bu reytingda ajralib turadi.

MDH hududida xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish bo‘yicha Qirgʻiziston va Armaniston yetakchilik qilmoqda. U yerda oliy o‘quv yurtlariga kirgan va bitirgan ayollar soni erkaklarga qaraganda 28 foizga ko‘p.

Ushbu reytingga ko‘ra, Hamdoʻstlik mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinni 22 foiz farq bilan Ozarbayjon, uchinchi o‘rinni esa Qozogʻiston (17 foiz) egallagan.

Reytingda Oʻzbekiston (14 foiz) Xitoy va Belarus bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etgan. Rossiyada bu farq 7 foizni tashkil etadi. Shuni taʼkidlash kerakki, Tojikistonda oliy maʼlumotli erkaklar soni ayollarga qaraganda 5 foizga ko‘p.

Reytingning quyi qismida oliy taʼlim qamrovi bo‘yicha erkaklar ayollardan ustun bo‘lgan mamlakatlar joylashgan.

Eng katta farq Beninda qayd etilgan. U yerda erkaklar ko‘rsatkichi ayollarnikidan 41 foiz yuqori.

Oliy maʼlumotli erkaklar soni ayollarga nisbatan sezilarli darajada ko‘p bo‘lgan davlatlar qatoriga Kongo Respublikasi (tafovut 33 foiz), Malavi (30 foiz), Burkina Faso (26 foiz), Laos (25 foiz), Bangladesh (23 foiz), Keniya (21 foiz) va Ruanda (20 foiz) ham kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.