Çivin çaqqanda teri ostida nima böladi? Olimlar jarayonni tasvirga oldi
AQŞdagi Jons Hopkins universiteti tadqiqotçilari bezgak çivini çaqqan paytda teri yuzasida va uning ostida keçadigan jarayonlarni batafsil kuzatdi. Yuqori tezlikdagi videotasvir va sezgir mikrodatçiklar yordamida ular çaqişning beş bosqiçini ajratib, qon tomirini topişda sezgi tizimi muhim örin tutişini körsatdi.

Çivin chaqqanda teri ostida nimalar yuz beradi? Olimlar bu jarayonni tasvirga oldi
Urğoçi çivinlar tuxum qo‘yishi uchun qonga muhtoj. Oldingi tadqiqotlarning ko‘pi hasharotlarning odamni hid yoki issiqlik orqali qanday topishiga qaratilgan bo‘lsa, chaqish jarayonining o‘zi nisbatan kam o‘rganilgan edi.
Olimlar Anopheles coluzzii turiga mansub bezgak çivinlarining sezgi a’zolariga juda ingichka elektr simlarini uladi. Bu usul hasharot xartumi inson terisi ostiga kirgan paytda kuchlanishdagi eng kichik o‘zgarishlarni ham real vaqtda qayd etish imkonini berdi. Elektr signallari yuqori tezlikda olingan videotasvirlar bilan solishtirildi.
Natijada tadqiqotchilar chaqishning besh bosqichini ajratdi: terini teshib kirish, qon tomirini izlash, qonni so‘rish, xartumni chiqarish va chaqishni to‘liq yakunlash.
Kuzatuvlarga ko‘ra, çivin terini teshayotganda oyoqlari va og‘iz atrofidagi sezgir a’zolarini ham ishga soladi. Qon so‘rish boshlanganida esa hasharot butunlay qimirlamay qoladi. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida e’lon qilingan.
Olimlar bezgak çivining xatti-harakatini denge bezgagini tarqatuvchi Aedes aegypti turi bilan ham solishtirgan. Bezgak çivini teri ostidagi qon tomirini o‘rtacha 17 soniya tezroq topishi aniqlangan.
Shunga qaramay, har ikki turda chaqishning umumiy davomiyligi deyarli bir xil — taxminan ikki yarim daqiqa bo‘lgan. Ularning evolyutsion yo‘llari qariyb 150 million yil avval ajralganini hisobga olib, tadqiqotchilar bu turlar samarali oziqlanish usuliga bir-biridan mustaqil ravishda kelgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Alohida tajribalarda çivinlarning hid sezish bilan bog‘liq IR76b geni faoliyati o‘chirildi. Shundan so‘ng hasharotlar qon tomirini maqsadli izlash qobiliyatini deyarli yo‘qotdi va muvaffaqiyatli qon so‘rish ehtimoli keskin pasaydi.
Mualliflarning fikricha, çivinning teri ostida qanday harakatlanishi va sezgi a’zolaridan qay tarzda foydalanishini tushunish kelajakda u tarqatadigan infeksiyalardan himoyalanishning samaraliroq vositalarini yaratishga yordam berishi mumkin.

