Yil boshidan beri Toshkentda qariyb 80 ming yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgani uchun jarimaga tortildi
2026-yil boshidan buyon Toshkentda avtobuslarda chiptasiz harakatlangan qariyb 80 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi. Undirilgan jarimalarning umumiy miqdori qariyb 2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yil boshidan buyon Toshkentda qariyb 80 ming yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgani uchun jarimaga tortildi. Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2026-yil boshidan beri Toshkent avtobuslarida chiptasiz harakatlangan 79,6 ming yo‘lovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 10,5 ming nafariga nisbatan bayonnoma iyul oyida rasmiylashtirilgan.
Jazo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismi (shahar va shahar atrofida qatnovchi trolleybus, tramvay va avtobuslarda chiptasiz yurish) asosida qo‘llaniladi. Jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi – 41,2 ming so‘mni tashkil etadi.
Yil boshidan buyon undirilgan jarimalarning umumiy summasi qariyb 2 milliard so‘mga yetgan. Shundan 234,6 million so‘mi iyul oyida undirilgan.
Tekshiruv reydlari “Toshkent shahri yo‘lovchi tashishlarini monitoring va nazorat qilish” muassasasi nazoratchilari tomonidan o‘tkazilmoqda. Yanvardan buyon poytaxtdagi 82 ta avtobus yo‘nalishida reydlar tashkil etilgan.
Toshkentda avtobuslarda chiptasiz yurganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish amaliyoti 2025-yil 14-martdan boshlangan.

