Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 avgustgacha yopiladi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi

Toshkentda 30-avgustgacha ko‘chaning bir qismi yopiladi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida suv tarmoqlarini qayta qurish ishlari tufayli Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Chilonzor tumani hokimining tegishli qarori va vakolatli tashkilotlarning ruxsatnomalari asosida, Bunyodkor shoh ko‘chasining ikkinchi darajali qismi bo‘ylab, KXAY yo‘lining Chilonzor metro bekatidan So‘galli ota ko‘chasigacha bo‘lgan hududda mavjud suv tarmog‘i kapital ta’mirlanadi.
Loyiha doirasida "Toshkent shahar Suv injiniring kompaniyasi" tomonidan eskirgan suv quvurlari yangilanadi.
Shu sababli, 2026-yil 28-iyul soat 23:00 dan 30-avgustga qadar Bunyodkor shoh ko‘chasining ushbu qismida bir tomonlama avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Mas’ullar haydovchilar va piyodalardan ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududda ehtiyotkor bo‘lishni, vaqtinchalik yo‘l harakati cheklovlariga rioya qilishni hamda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni so‘radi.

