Yevropadagi jazirama tufayli Dunay sayozlashib qoldi – suratlar
Nemislarning Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kemalari qoldiqlari daryo yuzasiga chiqib qolgan; Bolgariyada olimlar mamont suyaklarini topib olishdi; Ruminiya va Vengriyada suv yetishmayotgani tufayli atom elektr stansiyalari faoliyati to‘xtatildi.

**Yevropadagi jazirama Dunayni sayozlashtirdi – fotosuratlar**
Yevropani qamrab olgan misli ko‘rilmagan jazirama Dunay daryosida suv sathining so‘nggi 30 yildagi eng past darajaga tushishiga sabab bo‘ldi. Daryoning sayozlashuvi nafaqat kemalar harakatiga to‘sqinlik qilmoqda, balki Vengriya va Ruminiyadagi atom elektr stansiyalarining faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu orada Bolgariyada olimlar suv sathi pasayishi natijasida mamont suyaklarini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Serbiyada esa 1944-yilda Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan nemis harbiy kemalarining qoldiqlari suv yuzasiga chiqib qoldi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Dunay tubida jami 200 ga yaqin turli xil kemalar, jumladan, buksir kemalar va barjalar yotibdi. Ular daryoning bir qancha qismlarida kemalar harakatini qiyinlashtirib, yuk tashishda kechikishlarga va Serbiya uchun yillik moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelmoqda.
2024-yilda Yevropa Ittifoqi Dunayni qoldiqlardan tozalash bo‘yicha loyihani ishga tushirgan edi. Ushbu vazifani 2028-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. Quyida sayozlashgan Dunayning hozirgi holatini aks ettiruvchi fotosuratlar keltirilgan.

