Mahalliy

Yangi ish haqi tizimi, yo‘l bezorilariga yangi jazo va 10 hokim tekshiruvi - mahalliy dayjyest

Davlat xizmatchilari uchun yangi ish haqi tizimi taklif qilindi, qo‘pol qoidabuzar haydovchilarga nisbatan jazolar kuchaytirilishi mumkin, Toshkentda esa 10 nafar tuman hokimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Shuningdek, «Samarqand-2028» sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchirilishi, avtomobil ishlab chiqarish hajmining oshgani va boshqa mahalliy yangiliklar bilan Kun.uz dayjyestida tanishtiramiz.

Yangi ish haqi tizimi, yo‘l qoidabuzarlariga nisbatan yangi choralar va 10 nafar hokimga xizmat tekshiruvi – mahalliy yangiliklar dayjesti

Davlat xizmatchilari uchun yangi ish haqi tizimi taklif etildi, qo‘pol qoidabuzar haydovchilarga nisbatan jazolar kuchaytirilishi mumkin, Toshkentda esa 10 nafar tuman hokimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Shuningdek, "Samarqand-2028" sun’iy yo‘ldoshining kosmosga uchirilishi, avtomobil ishlab chiqarish hajmining oshgani va boshqa mahalliy yangiliklar bilan Kun.uz dayjestida tanishtiramiz.

**Davlat xizmatchilari uchun yangi ish haqi tizimi taklif qilindi**

Prezidentga davlat xizmatchilari uchun yangi ish haqi tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Taklifga ko‘ra, o‘ndan ortiq ustama va mukofotlar o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi joriy etilib, ish haqi 11 ta razryad va 6 ta pog‘onadan iborat yagona setka asosida hisoblanadi. Shuningdek, xodimlarning ish haqi malakasi, mehnat natijalari va KPI ko‘rsatkichlari asosida shakllantirilishi, bonuslar esa yuqori natija va innovatsion yondashuvlar uchun to‘lanishi nazarda tutilmoqda.

**Yo‘l bezorilari avtomobilidan bir yilgacha mahrum qilinishi mumkin**

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yo‘l harakati xavfsizligiga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjatga ko‘ra, yo‘l bezoriligi, noqonuniy poyga va mast holatda avtomobil boshqarish kabi qo‘pol qoidabuzarliklar uchun avtomobilni 6 oydan 1 yilgacha vaqtincha olib qo‘yish taklif etilmoqda. Shuningdek, qo‘pol qoidabuzarliklarni takroran sodir etgan haydovchilar muayyan muddatga jarimani chegirma bilan to‘lash huquqidan mahrum qilinishi ham nazarda tutilgan.

**10 nafar tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi**

Toshkent shahrida 10 nafar tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Tegishli farmoyish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasida keltirilgan holatlarni o‘rganish maqsadida qabul qilingan. Xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi, zarurat bo‘lsa, boshqa idoralar mutaxassislari ham jarayonga jalb etiladi.

**Andijon va Qashqadaryoda pora olgan mansabdorlar ushlandi**

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusini davom ettiramiz. Andijon va Qashqadaryoda pora olish bilan bog‘liq ikki korrupsiya holati fosh etildi. Andijonda "Suv ta’minoti" filiali rahbari yangi xonadonni oqova suv tarmog‘iga ulashda yordam berish evaziga 8,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Qashqadaryoda esa OIV ekspertizasi xulosasini ijobiy hal qilib berish uchun 3 ming dollar olingani aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

**"Samarqand-2028" sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchiriladi**

Keling, endi texnologiya va ilm-fan sohasidagi yangilikka nazar tashlaymiz. 5-avgust kuni "Samarqand-2028" sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchiriladi. Uchirish Xitoyning dengiz start platformasidan STAR.VISION kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. "O‘zbekkosmos" va STAR.VISION hamkorligida yaratilgan yo‘ldoshga 2028-yilgi Xalqaro astronavtika kongressi Samarqandda o‘tkazilishi munosabati bilan "Samarqand-2028" nomi berilgan. Loyiha doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar sun’iy intellekt modulini ishlab chiqqan. U orbitaning o‘zida ma’lumotlarni qayta ishlab, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va tabiiy resurslarni monitoring qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

**O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 26,8 mingtaga oshdi**

O‘zbekistonda yilning dastlabki olti oyida 235 ming 794 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,8 mingtaga ko‘p. Eng ko‘p ishlab chiqarilgan rusum Cobalt bo‘lib, yarim yilda 82 ming 951 ta avtomobil konveyyerdan chiqqan.

**"Tashabbusli byudjet"da saralash bosqichi boshlandi**

"Tashabbusli byudjet"ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida loyihalarni qabul qilish yakunlandi. Ma’lum qilinishicha, 15-iyuldan 3-avgustgacha fuqarolar tomonidan 23 ming 551 ta loyiha taqdim etilgan. Endi 4-avgustdan 18-avgustga qadar barcha tashabbuslar belgilangan mezonlar asosida saralab chiqiladi.

**Buxoroda boshi beton teshigiga kirib qolgan bola qutqarildi**

Buxoro shahrida ehtiyotsizlik oqibatida boshi beton teshigiga kirib qolgan kichik yoshli bola qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz qutqarildi. Hodisa joyiga yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari maxsus asbob-uskunalar yordamida bolani jarohat yetkazmagan holda chiqarib oldi. Voqea oqibatida bolaga tan jarohati yetmagan. FVB ota-onalarni yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

corruptiontraffic law changescar productionsatellite launchchild rescuenew salary systemhokim investigationsparticipatory budgeting