Dunyo

Ukraina ikkita davlat yordamida Rossiya zavodlariga zarba bergan — FT

Ukraina Rossiya zavodlariga hujum qilishda ikki davlat yordamidan foydalangan – FT

Meduza nashrining Financial Times’ga tayanib xabar berishicha, AQSH va Fransiya Ukrainaga Rossiya havo mudofaasi tizimlarining joylashuvi haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan. Ukrainalik rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar dronlarga havo mudofaasini chetlab o‘tib, neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berish imkonini bergan.

Manbalar Amerika va Fransiya razvedkasi Ukraina qurolli kuchlariga nishonlarni aniqroq belgilashda ham yordam berganini ta’kidladi. Bu ukrain harbiylariga aynan qayerga zarba berish kerakligini tushunishga ko‘maklashgan.

Ukrainalik harbiy rejalashtiruvchilar, dron operatorlari va energetika ekspertlarining fikricha, endilikda zarbalarning maqsadi shunchaki zavodlarda yong‘in keltirib chiqarish yoki sisternalarni portlatish emas. Asosiy maqsad inshootni imkon qadar uzoqroq muddatga ishdan chiqarishdir.

Topshiriqlarni amalga oshirishdan oldin muhandislar va soha mutaxassislari dron operatorlariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, neftni qayta ishlash zavodi faoliyati uchun qaysi komponentlar muhimligini tushuntiradi.

Dron operatorlarining so‘zlariga va Financial Times ko‘rib chiqqan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari ta’mirlash ishlari yakunlanmaguncha o‘sha muhim uskunalarga qayta-qayta zarba berishni boshlagan.

**AQSH razvedkasining o‘rni**

Iyul oyining boshida Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga, jumladan, front chizig‘idan juda uzoqda joylashgan obyektlarga ham hujumlarni keskin oshirishni boshladi.

O‘shanda Financial Times ukrainalik yuqori martabali mulozimlarga tayanib, ushbu hujumlarda Amerika razvedkasining ko‘magi muhim rol o‘ynagani haqida yozgan. Bu yordam Kiyevga dron yo‘nalishlarini chizish va havo mudofaasi tizimlaridan yashirincha o‘tishga yordam bergan. Avvalroq Rossiya Ukrainaga qanotli raketalar uchirgani, Lvovda turar joy hujumga uchragani haqida xabar berilgandi.

rossiyaukrainaaqshfransiyarazvedkahavo mudofaasidron hujumlarineft zavodlari