Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalardan 20 foizlik yig‘im undirish rejasidan voz kechdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq davlatlari bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanuvchi kemalardan 20 foizlik yig‘im undirish tashabbusidan voz kechganini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.Trampning ta’kidlashicha, ushbu yig‘im o‘rniga Fors ko‘rfazi...

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalardan 20 foizlik yig‘im undirish rejasidan voz kechdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq davlatlari bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanuvchi kemalardan 20 foizlik yig‘im undirish taklifidan voz kechganini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. Trampning ta’kidlashicha, ushbu yig‘im o‘rniga Fors ko‘rfazi davlatlari bilan AQSh o‘rtasida savdo va investitsiya bitimlari tuziladi. "AQSh uchun mo‘ljallangan 20 foizlik kompensatsiya yig‘imini Fors ko‘rfazi davlatlari bilan tuziladigan savdo va investitsiya kelishuvlari bilan almashtirishga qaror qildim. Bu investitsiyalar juda katta bo‘ladi va shu bilan birga ular uchun ham nihoyatda foydali bo‘ladi", — dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Eron kemalaridan tashqari barcha xalqaro kemalar uchun ochiq bo‘lib qolmoqda. AQSh prezidenti yangi yondashuv mamlakatga investitsiyalardan katta daromad keltirishi va millionlab yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishini ham ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Tramp 13 iyul kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eron kemalariga nisbatan blokadani tiklashini e’lon qilib, ushbu yo‘nalishni qo‘riqlash xarajatlarini qoplash maqsadida kemalardan 20 foizlik yig‘im undirishni taklif qilgandi. Mazkur tashabbus yirik yuk tashish kompaniyalari tomonidan tanqid qilindi. Jumladan, Germaniya Kema egalari assotsiatsiyasi (VDR) esa AQShni xalqaro suvlar orqali erkin harakatlanish tamoyiliga putur yetkazishda ayblagan. Tehron ham Tramp taklif qilgan yig‘imni haddan tashqari yuqori deb hisoblagan.

