Mahalliy

Toshkentda avtobus elektrobus bilan to‘qnashdi

Hodisa oqibatida 17-sonli avtobusning bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan

Toshkentda avnus elektrobus bilan to‘qnashdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2-avtobus saroyi filialiga tegishli «Yutong» gaz avtobusi hamda 18-avtobus saroyiga tegishli «Yutong» elektrobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ ma’lum qildi.

Hodisa 2 avgust kuni soat 08:10 atrofida Amir Temur shoh ko‘chasidagi «Yulduz» bekati yaqinida yuz bergan. 17-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan «Yutong» avtobusi haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida bekatda to‘xtab turgan 85-sonli yo‘nalishdagi «Yutong» elektrobusining orqa qismiga urilgan.

Hodisa oqibatida 17-sonli avtobusning bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan. Jabrlanuvchi tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasiga olib borilgan. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga javob berilgan.

YTH natijasida texnik shikastlangan har ikki avtobusni qayta yo‘nalishga chiqarish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

toshkentjarohatythta'mirlashavtobuselektrobusyo'lovchiamir temur shoh ko'chasi