Tog‘li va chegara oldi hududlariga tashrif tartibi soddalashtiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ikki oy muddatda mahalliy aholi va xorijiy turistlar uchun talab qilinadigan maxsus ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 10 kun muddatda olish imkoniyatini joriy qiladi.

Tog‘li va chegara hududlariga borish tartibi yengillashtiriladi.
Turizm qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasiga ko‘ra, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarni tayyorlash dasturi ishlab chiqiladi. Malaka oshirish va sertifikatlash tizimi joriy etilib, o‘quv dasturlari Xalqaro alpinizm va tog‘ga chiqish federatsiyasi, Xalqaro tog‘ yo‘lboshchilari uyushmalari ittifoqi va Xalqaro tog‘ gidlari uyushmalari federatsiyasi standartlari asosida shakllantiriladi.
Ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Loyihada tog‘li va chegara oldi hududlariga tashrif tartibi sezilarli darajada soddalashtirilmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ikki oy muddatda mahalliy aholi va xorijiy turistlar uchun talab qilinadigan maxsus ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 10 kun muddatda olish imkoniyatini joriy qiladi.

