Siyosat

Sud organlarida 1279 nafar fuqaro ommaviy qabul qilindi

Toshkent shahri va viloyati aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda yuzlab murojaatlar ko‘rib chiqildi

Sud organlarida 1279 nafar fuqaro qabul qilindi

8-avgust kuni Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etdi. Ushbu tadbirda hududiy sudlar rahbarlari, sudyalar va mas’ul xodimlar ham ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Jami 854 ta ish bo‘yicha 1279 nafar murojaatchi qabul qilindi.

Qabul davomida 403 ta shikoyat va ariza qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Shuningdek, 410 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda har bir masalaga aniq huquqiy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar sud organlari rahbariyati bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bayon etdilar. Qabul jarayonining o‘zida 41 ta murojaat ijobiy hal etildi.

Ushbu sayyor qabul davlat rahbari tomonidan belgilangan aholi bilan ochiq va samarali muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yish vazifalari doirasida tashkil etildi.

fuqarolar murojaatlarihuquqiy yordamsud qabulisudyalar oliy kengashishikoyatlarsayyor qabuloliy sudtoshkent