Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi.
Shark Milk Product'ning ikki ta’sischisi, direktori va to‘rt nafar xodimi, shuningdek, yana to‘rtta kompaniya direktorlari 2025 yil sentabr oyida Toshkent viloyati bog‘chalarida 1922 nafar bolaning zaharlanishida aybli deb topildi. Sud hukmi bilan, sudlanuvchilardan uch nafari 3,5 yilga, yana uch nafari 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi; 5 kishiga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi..

Toshkent viloyati bog‘chalarida sodir bo‘lgan ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi. "Shark Milk Product" kompaniyasining ikki ta’sischisi, direktori va to‘rt nafar xodimi, shuningdek, yana to‘rtta kompaniya direktorlari 2025 yil sentabr oyida Toshkent viloyati bog‘chalarida 1922 nafar bolaning zaharlanishida aybli deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilardan uch nafari 3,5 yilga, yana uch nafari 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi; 5 kishiga esa 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
2025 yil sentabr oyida Toshkent viloyati bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.
Bugun, 14 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudi 11 nafar sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan aybli deb topdi.
Sud hukmiga ko‘ra, quyidagi shaxslar 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi:
R.O. (erkak, 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ direktori)
A.S. (erkak, 1987 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ bosh texnologi)
R.X. (erkak, 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi).
Quyidagi shaxslar 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi:
S.S. (erkak, 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ ta’sischisi va sotuv bo‘limi menejeri)
F.O. (erkak, 1990 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ ta’sischisi va direktori o‘rinbosari)
M.N. (erkak, 1991 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi yordamchisi)
Quyidagi shaxslarga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi:
J.X. (erkak, 1993 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, “Governess Business” MChJ direktori)
I.S. (erkak, 2000 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Innavation Outsourcing Servise” MChJ direktori)
B.R. (erkak, 1992 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Nishon invest” MChJ direktori)
F.D. (erkak, 1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Kinder Garden Group” MChJ direktori)
D.Q. (ayol, 1997 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ laboranti).
Sud hukmi bilan sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
2025 yil 26 sentabr kuni Bo‘ka, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Bekobod tumanlari, Nurafshon va Olmaliq shahridagi bir qator maktabgacha ta’lim muassasalarida jami 2 mingga yaqin tarbiyalanuvchining ommaviy zaharlanishi ro‘y bergandi.
Tergov materiallariga ko‘ra, 2025 yil 24-27 sentabr kunlari Bo‘ka tumanida 540 nafar, Piskent tumanida 529 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 469 nafar, Olmaliq shahrida 287 nafar, Nurafshon shahrida 113 nafar, Bekobod tumanida

