O‘zbekistonda 1-avgustdan mehnat nizolari bo‘yicha sudyalar ish boshlaydi
1-avgustdan O‘zbekistonning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarida mehnat nizolariga ixtisoslashgan sudyalar faoliyat yurita boshlaydi. Ular Oliy sudda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sudlarida, shuningdek, qator tumanlararo va shahar sudlarida ish olib boradi.

O‘zbekistonning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarida 1-avgustdan mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar ish boshlaydi. Ushbu qaror O‘zbekiston Oliy sudi rayosati tomonidan qabul qilingan.
Ixtisoslashgan sudyalar sudlarning amaldagi shtat birliklari doirasida faoliyat yuritadi.
Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida mehnat nizolarini to‘rt nafar sudya ko‘rib chiqadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlarida esa uch nafardan sudya faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, hududlardagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo va shahar sudlarida ham ixtisoslashgan sudyalar ish olib boradi.
Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Karmana, Namangan, Termiz, Farg‘ona va Urganch tumanlararo sudlarida, shuningdek, Samarqand shahar sudida ikki nafardan sudya faoliyat ko‘rsatadi.
Toshkent viloyatida Ohangaron tumanlararo sudida ikki nafardan, O‘rta Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlararo sudlarida esa bir nafardan ixtisoslashgan sudya ishlaydi.
Toshkent shahrida mehnat nizolariga ixtisoslashgan ikki nafardan sudya Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlararo sudlarida faoliyat yuritadi.
Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudida bir nafar ixtisoslashgan sudya ishlashi rejalashtirilgan.
1-avgustdan keyin sudlarga kelib tushadigan mehnat nizolari bo‘yicha arizalar ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi. 31-iyul kuni va undan oldin kelib tushgan, jumladan, allaqachon ish yurituviga qabul qilingan ishlar esa avvalgi tartibda ko‘riladi.
Sahifada xato topdingizmi? Ctrl+Enter tugmalarni bosing
Saytdagi xabarlardan foydalanish uchun «Gazeta»ning yozma roziligi olinishi shart.
Elektron OAV guvohnomasi: №209073. Berilgan sanasi: 2024-yil 19-yanvar
Muassis: «Gazeta News» MChJ
Bosh muharrir: Umarov Davlat Sulaymonovich
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26A
Elektron manzil: [email protected]
Rahmat. Sizning xatingizni oldik va yaqin vaqt ichida kamchilikni to‘g‘irlaymiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting.

