Mahalliy

Savdo shoxobchalarida talabga javob bermaydigan dazmol va gaz plitalari sotilayotgani aniqlandi

Ga plitasidan foydalanishda ortiqcha qizib ketish, foydalanuvchining kuyish jarohati olishi, elektr toki urishi xavfining ortishi,

Savdo nuqtalarida talabga javob bermaydigan dazmollar va gaz plitalari sotilayotgani ma'lum bo'ldi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy bo‘limi savdo shoxobchalarida bozor nazorati tadbirlarini o‘tkazdi. Nazorat davomida sotilayotgan dazmollardan namunalar olinib, ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari va amaldagi standartlar talablariga muvofiqligi laboratoriya sinovlari orqali tekshirildi.

Tekshiruvlar doirasida Xitoyda ishlab chiqarilgan Haley brendining HY-233C modelidagi dazmollaridan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari o‘tkazildi. Sinov natijalariga ko‘ra, ushbu mahsulot "Quvvat simlari simlarining nominal ko‘ndalang kesimi maydoni" hamda "Yerga ulash qisqichi yoki yerga ulash birikmasining va yerga ulangan metall qismlarning qarshiligi" ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. Shuningdek, mahsulot tegishli davlatlararo standart talablariga nomuvofiq ekani tasdiqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo shoxobchalariga ogohlantirish xatlari yuborildi hamda ushbu mahsulotlarni savdodan chiqarish va ularning realizatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shu bilan birga, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi mutaxassislari Qarshi shahridagi savdo do‘konlarida sotilayotgan Seventech 7GH4G60EBES2 rusumli gaz plitasiga nisbatan nazorat xaridi amalga oshirdi. Sinov natijalariga ko‘ra, ushbu gaz plitasi "Iste’mol qilinadigan quvvat va tok" hamda "Gaz uskunasining tashqi yuzalari yoki unga tegib turgan boshqa yuzalarning qizish darajasi" ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talablariga nomuvofiq deb topildi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, aniqlangan nomuvofiqliklar tufayli mahsulotdan foydalanish jarayonida ayrim qismlarning harorati ruxsat etilgan me’yorlardan oshishi, ortiqcha qizib ketish, foydalanuvchining kuyish jarohati olishi, elektr toki urishi xavfining ortishi, ichki elektr qismlarining shikastlanishi hamda yong‘in kelib chiqishi ehtimoli mavjud.

Sifatsiz mahsulotlar ro‘yxati bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz mumkin.

consumer protectionproduct safetynon-compliant productstechnical regulationmarket surveillancehousehold appliancesironsgas stoves