Mahalliy

O‘zbekistonda suyultirilgan gazning 129 ta noqonuniy savdo nuqtasi yopildi

2026 yil boshidan O‘zbekistonda suyultirilgan gaz sohasida 286 ta qonunbuzilish aniqlandi, 129 ta noqonuniy savdo nuqtasi faoliyati to‘xtatildi.

O‘zbekistonda 129 ta noqonuniy suyultirilgan gaz savdo nuqtasi yopildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil boshidan buyon O‘zbekistonda aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sohasida 286 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida "bunker" va "chuqur" nomlari bilan tanilgan, suyultirilgan gazni saqlash va sotish bilan shug‘ullangan 129 ta noqonuniy nuqtaning faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda "Hududgaztaʼminot" kompaniyasi maʼlum qildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, nazorat tadbirlari davomida 3530 ta maishiy gaz balloni va 25,8 tonna suyultirilgan gazning noqonuniy sotilishining oldi olindi. Shuningdek, 71,6 tonna yoqilg‘ining talon-toroj qilingani aniqlandi. Barcha aniqlangan holatlar bo‘yicha yetkazilgan zararni undirish va huquqiy baho berish uchun materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

"Hududgaztaʼminot"da taʼkidlanishicha, so‘nggi yillarda suyultirilgan gazni taqsimlash tizimining shaffofligini oshirish, inson omili taʼsirini kamaytirish va suiisteʼmolliklarning oldini olish maqsadida Face ID biometrik identifikatsiya tizimi kabi raqamli yechimlar joriy etilmoqda. Kompaniya maʼlumotiga ko‘ra, ushbu tizim maishiy gaz ballonlarini noqonuniy berish bilan bog‘liq ko‘plab holatlarning oldini olishga yordam bermoqda.

Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, ayrim shaxslar amaldagi qoidalarni chetlab o‘tishga, suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga va korrupsiya xavflarini yuzaga keltirishga urinishda davom etmoqda.

Kompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish, suyultirilgan gazni taqsimlash tizimining ochiqligi va shaffofligini oshirish, qonunbuzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

uzbekistancorruptionlaw enforcementgas supplyhududgazta’minotlpgillegal tradeface id