Mahalliy

Toshkentda 29 iyul kuni ayrim mahallalar gazsiz qoladi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 29 iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha qator mahalla va turar joylarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent shahrining ayrim hududlarida 29-iyul kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanining 6-19-dahalari, Kulolqo‘rg‘on, Yo‘lariq, Hasanboy, Islomobod, Bobodehqon va Obod mahallalari, shuningdek, Baraka, Katta soy va Yuqori Qoraqamish ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda xususiy xonadonlarda gaz ta’minoti vaqtincha uziladi.

Shuningdek, Yunusobod, Posira, Hiyobontepa, Bodomzor, Shivli, Firdavsiy, Yangitarnov, M.Ulug‘bek, Buyuk Turon, Bo‘zsuv, Iftixor, Jomiy, Turkqo‘rg‘on, Yangiariq, Usta Shirin, Minor va Matonat mahallalarida gaz bosimi pasayishi kutilmoqda.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanishi ma’lum qilindi.

uzbekistantashkentgas supplynatural gasgas outageyunusobodmaintenance workutility services